Shimoliy Koreyada koronavirus tufayli amaldor otib tashlandi

Obuna bo‘lish
Qattiqqo‘l qoidalar - KXDRda Xitoyga borib kelib karantinda bo‘lish majburiyatini bajarmagan amaldor o‘limga mahkum etildi.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Xitoyga tashrif buyurgan shimoliy korelyaik amaldor o‘limga hukm qilindi. Bu haqida Daily Mail Koreyaning Donga nashriga asosan xabar qilmoqda.

Baxtiyer Shukurzoda, aspirant Xubeyskogo universiteta  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talaba hikoyasi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 14 kun karantinda bo‘lishi majbur bo‘lgan savdo amaldori, karantin muddati tugamasdan jamoat hammomiga yo‘l olgan. Amaldorga nisbatan o‘lim jazosi belgilangan va hukm yashirin tarzda amalga oshirilgan.

Yana bir fuqaro Xitoyga borib kelgan fuqaro o‘zining tashrifini yashirmoqchi bo‘lgani uchun eng uzoq fermaga surgunga yuborilgan.

Ma’lumot uchun KXDRda Shimoliy Koreyada, aholini koronavirusdan saqlash maqsadida, Xitoyga tashrif buyurgan fuqarolarga nisbatan harbiy askarlarga taaluqli qonunlar kiritilgan. Xitoy bilan chegara o‘ta qattiq nazorat ostiga olingan. Shu kunga qadar Shimoliy Koreyada birorta ham koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan.

Xitoyda esa so‘nggi ma’lumotlarga qaragandan, koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 mingdan oshgan, vafot etganlar soni 1367 kishini tashkil qilgan. Xitoydan tashqarida koronavirus bilan kasallanganlar soni 500 kishidan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0