10:38 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
80900

Nijniy Novgoroddagi "Sokol" aviatsiya zavodida birinchi Il-114-300 samolyotining fyuzelyaji ishlab chiqarildi.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida joylashgan MiG ishlab chiqarish uyushmasiga qarashli “Sokol” aviatsiya zavodida Il-114-300 samolyotini seriyali ishlab chiqarish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu korxonada samolyot fyuzelyajining 7ta boʻlinmasi ishlab chiqariladi. Il-114-300 samolyotini ishlab chiqarishda Rossiyaning bir necha shaharlarida joylashgan turli korxonalar ishtirok etmoqda. Voronejda joylashgan “VASO” korxonasi, Ulyanovskdagi “Aviastar-SP” – shular jumlasidan. Samolyotning yakuniy jamlash ishlari Luxovitsk shahridagi “MiG” korxonasida boʻlib oʻtadi.

“2019 yilda biz ushbu Il-114-300 samolyotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida 400 million rubl sarmoya kiritdik”, - deydi “MiG” bosh direktori Ilya Tarasenko.

Samolyotni ishlab chiqarish eng yangi raqamli texnologiyalar yordamida yoʻlga qoʻyilgan. Bu chizmalardan foydalanmagan holda, konstruktorlik byurosi, Ilyushin ishlab chiqarish uyushmasining turli korxonalari yagona axborot hududida ishlash imkonini beradi,   deydi Tarasenko.

Il-114-300 yoʻlovchi samolyoti mahalliy havo yoʻllari uchun moʻljallangan boʻlib, u 60ta yoʻlovchi oʻrindigʻiga ega. Ekipaj 2 kishidan iborat. Il-114-300 IKAO meteosharoitlarining II kategoriyasi sharoitida uchish-qoʻnish imkonini beradigan raqamli navigatsiya majmuasi oʻrnatiladi. Barcha maʼlumotlar 5ta rangli displeylarda namoyish etiladi. Samolyotni ishlab chiqarish 2021 yilda toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.

Eslatib oʻtamiz, Il-114 samolyoti Sovet Ittifoqi davrida ishlab chiqilgan boʻlib, uni Toshkent Aviatsiya zavodida ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi. Ittifoq parchalanib ketganidan soʻng ushbu rejalar amalga oshmadi. Toshkentda 2012 yilga qadar Il-114-100 samolyotlari 17 dona ishlab chiqarilgan. Oʻzbekistonda foydalanilgan samolyotlarga Rockwell Collins kompaniyasining avionikasi (elektron tizim), Pratt&Whitney Canada aviadvigatellari, Hamilton Sundstrand havo parraklari va Honeywell kompaniyasining qoʻshimcha quvvat qurilmalari bilan jihozlangan boʻlgan. 2017-2018 yillarda Rossiya ushbu samolyotni ishlab chiqarish borasida Toshkentda saqlanayotgan  samolyot fyuzelyajlarini sotib olish hamda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalanishga tayyorligini bildirgan edi.

Asosiy mavzular