23:19 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
103610

Shotlandiya qirgʻoqlari yaqinida sirli mavjudotning qoldiqlari topildi. Aholi “Kiara” dovuli bu skeletni sohilga olib chiqqan deb taʼkidlamoqda.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Shotlandiya qirgʻoqlari yaqinida sirli mavjudotning qoldiqlari topildi.

Mahalliy aholi internetda bu topilmani qizqin muhokama qilmoqda. Ular “Kiara” dovuli skeletni sohilga olib chiqqan deb taʼkidlashmoqda.

Shu bilan birga, foydalanuvchilar topilma kelib chiqishi haqida bahslasha boshladilar. Ularning baʼzilari, bu Lox-Ness yirtqich maxluq qoldiqlari ekanligini aytishmoqda. Ular fikriga koʻra, maxluq dengizga suzib ketgan, biroq suvda yashay olmagan.

Biroq, boshqalar esa bu skelet kit yoki kosatkaga tegishli deb daʼvo qilishmoqda.

Lox-Ness yirtqich maxluq birinchi marta VI  asrdagi Shotlandiya rohibining qoʻlyozmasida tilga olingan. Zamonaviy davrda Nessi - tanasi katta va uzun boʻyinli jonzot dunyodagi eng koʻp muhokama qilinadigan hodisalardan biriga aylandi.

Biroq bu jonivorning yashagani haqida ilmiy hujjat bilan tasdiqlanmagan.

Asosiy mavzular