22:47 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
1129 0 0

Ukraina hukumati 14 yoshdan oʻsmirlarga ota-onalarining roziligisiz oʻz jinslarini oʻzgartirishga ruxsat berishi mumkin.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Ukraina hukumati 14 yoshdan oʻsmirlarga ota-onalarining roziligisiz oʻz jinslarini oʻzgartirishga ruxsat berishi mumkin.

Bunday tashabbus bilan prezident Vladimir Zelenskiyning safdoshi, "Sluga naroda" fraktsiyasi deputati Lada Bulax chiqdi. Bu haqda "NEWS.ru" xabar qildi.

Nashrning maʼlumotlariga koʻra, deputat oʻsmirlarga giyohvandlik, alkogolizm va boshqa kasalliklardan  davolanishdan bosh tortishga ruxsat berishni ham taklif qilmoqda. Bu qonun loyihasi Ukraina parlamentiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan.

Bulach tashabbusi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi. Xususan, foydalanuvchilar birinchi navbatda shunga oʻxshash beʼmani takliflar bilan chiqadiganlar “ahmoqlarni” majburiy davolash toʻgʻrisida qonun qabul qilishga, bolalarni tinch qoʻyib, ularga "normal odam boʻlib ulgʻayishlariga" imkon berishga chaqirdilar.

Asosiy mavzular