21:13 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
1347 0 0

Rossiyaning janubiy shaharlarida bahor nafasi sezilmoqda. Pyatigorskda "shamol musiqasi", Sochidagi "Oʻpichlar xiyoboni", Yaltadagi Eyfel minorasi - sevgi izhorlari uchun eng yaxshi joylar boʻlishi mumkin...

TOSHKENT, 14-fev - Sputnik, Svetlana Bayeva. Allaqachon, mamlakatdan chiqmasdan, haftaning dam olish kunlarini bahor boshlanadigan shaharda oʻtkazishingiz mumkin va bu yerda - sevib qolish, taklif qilish mumkin. Rossiyaning janubi romantika bilan nafas olmoqda. Pyatigorskda "shamol musiqasi" yangraydi, Sochidagi Potseluyevskiy skveri chorlaydi va yoʻlovchilarni hayratga soladi, Yaltadagi Eyfel minorasi sevgi izhorlari uchun eng yaxshi joy. "RIA Novosti" materialida Yeseninning makkor telegrammasi, Tamanning muloyim aholisi va "Assa" dagi simli yoʻllari afzalliklari.

Yalta: Parij sohilida va ikkisi uchun sim yoʻli

Qish va bahor Yalta romantikasi - bu Nikitskiy botanika bogʻi, u yerda har doim biror narsa gullaydi, Parij plyajiga ishora boʻlgan plyaj, shaharning barcha yoʻllari va koʻchalari birlashadigan sohil boʻylab sayr.

Proxojiye na yanvarskoy naberejnoy Yaltы
© Sputnik / Sergey Malgavko
Proxojiye na yanvarskoy naberejnoy Yaltы

Va shuningdek, chiroyli xato. 2011 yildan beri sohil boʻyida, yoshi juda ulugʻ mashhur gigant chinor daraxti ostida (balandligi 30 metrdan oshadi) "Sevgi taxtasi" turadi. Agar afsonasiga yuzlansak, Sergey Yesenin bir asrlik daraxt ostida Aysedora Dunkanni uchrashuvlarga taklif qilar edi. Ammo ishonishni keragi yoʻq, voqea qaygʻuli.

"Bu sayyohlar ertagi. Yesenin va Dunkan Yaltada turli vaqtlarda boʻlishgan", - deydi Dmitriy Pogrebnyak, shahar sayyohlik-maʼlumot markazining asoschisi, "Dunkan Yesenindan boshqasini sevishi, turmushdaligi va baxtli ekanligi toʻgʻrisida telegramma oldi".

Mashhur raqqosa chinorga maftun boʻlib qoldi, gigantga hatto uning ismi berildi.

© Sputnik / Alexey Malgavko
Proxojiye na odnoy iz ulits Yaltы vo vremya livnya

Dmitriy sevishganlarga "Assa" filmidagi afsonaviy (kabinalar ikki kishiga moʻljallangan) sim yoʻlida - xuddi shu Lenin sohilidan Darsan tepaligining tepasiga qadar uchishni maslahat beradi. "Juda gʻayrioddiy hisslar: kichkina kabinalar va juda balandga koʻtarilish. Siz shahar uzra uchib borasiz va siz uylarga, daraxtlarga tegib ketishingiz mumkin", - deya sayyohlar diqqatga sazovor joy haqida taassurotlarini bildiradi.

Qrim shahri hatto oʻz Eyfel minorasiga ega. Albatta, u Parijdan 30 baravar kichik, ammo u juda romantik joyda - pirs ustida joylashgan. Massandra plyajini bezash uchun yaratilgan dizayn vaqtincha boʻlishi rejalashtirilgan edi, ammo shahar aholisi va mehmonlarga, ayniqsa sevishganlarga shu qadar yoqdiki, u doimiy yashash huquqini oldi.

Sochi: romantik uchrashuvlar va arzon yaxtalar

"Huddi Ispaniyaga borib qolgandayman! Quyosh botmoqda, chaykalar uchib yuripti", - deb eslaydi Sochi dengiz porti haqida moskvalik Marya Terexova, - Va manzaralar ochiladigan verandali restoranlar juda koʻp! "

Kechani yaxtada davom etish imkoniyati mavjud. Aytgancha, gidlar soʻzlariga koʻra, bu arzon zavq - bir kishi uchun 500 rubldan boshlab. Albatta, siz ochiq dengizga chiqishingiz ob-havoga bogʻliq, ammo hordiq yil boʻyi davom etadi.

© Sputnik / Nina Zotina
Morskoy vokzal v Sochi

Sochiga koʻpincha muhim voqealarni - toʻy yoki birgalikda yashashning yubileyini nishonlashga kelishadi. "Sochi markazi istirohat bogʻlarida yangi turmush qurganlar va sevishganlar sayr qilishadi. Hatto Potseluyevskiy skveri ham bor, doim koʻkarib turgan daraxtlari, skameykalari, favvorasi bilan", deydi Svetlana Vaskova.

Biroq, u oʻpishish bilan hech qanday aloqasi yoʻq, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Markaziy Sochi gastronomi direktori Ivan Potseluyev nomi bilan atalgan. Ammo bu juftliklarga xalaqit bermaydi, vaholanki roʻyxatga olish idorasi binosi yaqinda.

Yangi turmush qurganlar Axun togʻiga ham tez-tez boradilar. "Afsonaga koʻra, bu joy erkaklarga kuch va quvvat bagʻishlaydi, - deb tushuntiradi Svetlana." U yerga jigitlar oʻgʻirlangan goʻzallarni uning tepasiga olib ketishgan deyishadi ".

Pyatigorsk: shoir, qahramon va "uyatsiz vannalar"

"Momaqaldiroq paytida bulutlar tomimgacha pasayadi", deb yozadi zamonamiz qahramoni Grigoriy Pechorin Pyatigorskdagi uyi haqida.

Ushbu kurort shahrining koʻplab romantik joylari Mixail Lermontov bilan bogʻliq. Masalan, eng mashhur togʻ - Mashuk. Etagida shoir duel oldidan soʻnggi oylarni oʻtkazgan uy. Shimoliy-gʻarbiy etagida u oʻldirildi. Lermontov groti mavjud, u joydan goʻzal manzara ochiladi.

© Sputnik / Denis Abramov
Jiteli i gosti Pyatigorska vstrechayut Novыy god na vershine gorы Mashuk

Mashukning Mixaylovskiy tizmasida "Yeolova Arfa" ayvonchasi joylashgan - Pyatigorskning 200 yildan ortiq davomidagi ramzlaridan biri. Uning nomi bejiz emas. Ilgari rotondada chindan ham torli eofonlar (shamol yordamida chalinadigan asboblar) boʻlgan. Endi tovushlar tabiat hodisasiga bogʻliq emas - zamonaviy karnay tizimi ishlaydi.

"Provalʼ" gʻoriga boradigan yoʻlda, oʻzining  noyob karstli moviy suvli koʻli bilan tanilgan nozik joy bor - "Besstыjiye vannы" (Uyatsiz vannalar). Bu mineral suv bilan toʻldirilgan tabiiy oʻyilmalar. Oʻtgan asrning boshlaridayoq baʼzi dam oluvchilar u yerda yalangʻoch holda choʻmilishgan.

Xozirda Quyosh (yoki Sevgi)darvozalari oʻrnida, afsonaga koʻra, ota Elbrus va uning oʻgʻli Beshtau oʻrtasidagi goʻzal Mashukning yuragi uchun jang boʻlgan. Bu fojiali yakunlandi: hamma hakoq boʻlib togʻlarga aylandi va qizning achchiq koʻz yoshlaridan bu darvozalarni qurishgan. Endi bu yerga yangi turmush qurganlar kelishmoqda: agar kuyov kelinni uch marta darvoza orqali olib oʻtolsa, ularning istaklari amalga oshadi deb hisoblanadi.

Taman: qadimiylik, kazaklar va toʻy uzuklari

Taman stanitsasi ham Mixail Lermontov bilan chambarchas bogʻliq, ammo Pechorin uni "Rossiyaning barcha qirgʻoq shaharlaridan eng jirkanch shahar" deb atadi. Aholi xafa boʻlmadi (ehtimol shoir qishloqni keyingi "darajaga" koʻtarganligi bunga sabab) va shoirga yodgorlik oʻrnatishgan - shu yerning oʻzida, qirgʻoqda uning uy muzeyi joylashgan.

Zdaniye vokzala na stantsii Taman-Passajirskaya na puti sledovaniya poyezda Tavriya Sankt-Peterburg - Sevastopol.
© Sputnik / Georgiy Zimarev
Zdaniye vokzala na stantsii Taman-Passajirskaya na puti sledovaniya poyezda "Tavriya" Sankt-Peterburg - Sevastopol.

Taman hududida ikkita dengiz bogʻlangan - Azov va Qora. Va shu yerning oʻzida Ataman ochiq osmon muzeyi bagʻishlangan, Qora dengiz kazaklarining tarixi boshlandi.

Bu yerda ham oʻzining romantik hikoyalari va joylari mavjud: masalan, Temirchi Xovlisida "Ikki uzuk" haykali. "Bir paytlar qishloqda bir kambagʻal yolgʻiz usta bu stanitsada oʻrnashdi, ish boshladi va boy kazakning qiziga oshiq boʻldi", - deb afsonani aytib beradi "Ataman" metodisti Vera Kuptsova. - Tabiiyki, otasi nikohga qarshi edi, ammo temirchiga oʻz sevgi ramzi boʻlgan biror narsa yasashni buyurdi. " Usta toʻy uzuklarini yasadi va toʻy boʻlib oʻtdi.

Abrau-Dyurso: ovulning oʻrniga koʻl va koʻp shampan vinosi

Qaygʻuli sevgi afsonasi bilan bogʻliq koʻl, togʻlar, shampan vinosi – Novorossiysk yaqinidagi noyob joyda oʻtkazilgan hafta juda esda qolarli boʻlishi mumkin.

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Zavod shampanskix vin v Abrau - Dyurso

Afsonalar aytishicha, bir vaqtlar bu yerda hech qanday suv ombori boʻlmagan, katta ovul joylashgan boʻlgan. U yerda Abrau ismli bir qiz yashagan, u choʻpon Dyursoni sevib qolgan. Goʻzalning boy ota-onasiga bu juda yoqmagan. Ammo shu vaqtga kelib, Xudo ovul aholisiga gʻazabini sochdi va qishloq yer ostiga shoʻigʻidi. Uning oʻrnida esa koʻl paydo boʻldi. Ikki sevishgan oʻsha payt oʻrmonda edilar va saqlanib qolishdi. Qaytib kelgach, Abrau qattiq yigʻladi (koʻz yoshlaridan oqayotgan suvdan ariq paydo boʻldi) va qaygʻudan oʻzini choʻktirishga qaror qildi. U buni uddalay olmadi, lekin suv ustidan toʻgʻri choʻponning bagʻriga yugurdi.

Endi koʻlning atrofi uchrashuvlar uchun ajoyib joy. Masalan, shampan vinosi zavodi podvaliga tushishingiz, asrlar davomida bu ichimlikni tayyorlash sirlarini bilib olishingiz mumkin, eng muhimi, uni tatib koʻrishingiz mumkin.

Asosiy mavzular