10:14 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
1178 0 0

2020 yil yanvar oyida Qozogʻistonning avtomobil bozorida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 20 foizga oshishi bilan nishonlandi.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. Ravon Nexia R3 oʻzbek avtomobili Qozogʻistonda eng koʻp sotiladigan model boʻldi, deb xabar qildi "Oʻzavtosanoat".

"Yanvar oyida mamlakatda jami 449 dona mashina sotildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2020 yil yanvar oyida Qozogʻistonning avtomobil bozori oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 20 foizga oʻsganligi maʼlum.

Eslatib oʻtamiz, kompaniya 2019 yil sentyabr oyida Rossiyada sotuvlarni qayta yoʻlga qoʻydi, ammo Yevropa biznesi assotsiatsiyasining (AYEB) Rossiya Federatsiyasida bir yil davomida oʻtkazilgan savdo natijalarida birorta ham oʻzbek brendining mashinasi aks ettirilgani yoʻq. Oʻsha payt kompaniya top-menejerlari 2022 yilda Rossiya bozorida 7-8 ta model yetkazish rejalari haqida gapirishgan.

Ravon 2020 yilda Rossiyada 35 mingga yaqin avtomobil sotishni rejasini saqlab qolmoqda va hozirgacha ular toʻlaligicha Qozogʻiston va Oʻzbekistondan yetkazib beriladi.

Asosiy mavzular