18:26 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (476)
122122

Xitoy raisi Si Tszinpin yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maqola yozdi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin yangi turdagi koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maqola yozdi.

Si Tszinpin 2020 yil 7 yanvar kuni keyinchalik COVID-2019 atalgan yangi kasallikning oldini olish va unga qarshi kurash choralarini koʻrish zarurligi haqida farmoyish bergan. Oʻsha payt faqat Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniyaning tez surʼatlarda tarqalayotgani haqida maʼlum edi. 9 yanvar kuni mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqlashgan. Birinchi vafot etgan kishi haqida maʼlumot 11 yanvar kuni eʼlon qilingan.

Xitoy raisi 20 yanvar kuni yangi kasallikning avj olishiga qarshi kurashishga oid maxsus koʻrsatmalar bergan. Barcha darajadagi partiya qoʻmitalari va hukumatlar hamda tegishli idoralardan odamlar hayoti va salomatligi xavfsizligini birinchi oʻringa qoʻyishni talab qilgan.

22 yanvar kuni Si Tszinpin Xubey provintsiyasiga odamlar kirib-chiqishini qattiq nazorat qilish buyrugʻini yuborgan, shundan keyin provintsiya chegaralari karantinga yopiladi.

Xitoy rahbari hozirda epidemiyaga qarshi faol kurash olib borilayotganini taʼkidlagan. Maʼsul departamentlar oʻz majburiyatlarni bajarishmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, kasallikning avj olishiga kech munosabat bildirgan Xubey va Uxanning qator amaldorlari ishdan boʻshatilgan.

2019 yil 32 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya avj olishi haqida maʼlum qildi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi rasman nom berilgan COVID-2019 koronavirusidir. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, COVID-2019ni yuqtirganlar soni 69 195 kishiga yetgan. Undan 1665 kishi vafot etgan, 9419 kishi esa tuzalishga muvaffaq boʻlgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (476)

Asosiy mavzular