Ukraina Eronga urib tushirilgan Boeing-737 uchun sudga berish bilan tahdid qildi

© Obshestvo Krasnogo polumesatsa IranaKadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane
Kadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina TIV rahbari Vadim Pristayko Ukraina va boshqa davlatlar Eron ustidan yo‘lovchi samolyotni raketa bilan urib tushirgani uchun “xalqaro sudlarga da’vo arizalarini kiritishlari mumkinligini” ta’kidladi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Tehron yaqinida Boeing-737 samolyoti qulashi oqibatida fuqarolari halok bo‘lgan mamlakatlar Eronni sudga berishlari mumkin. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Vadim Pristayko Muxendagi xavfsizlik konferensiyasi doirasida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron undan jabr ko‘rgan davlatlar kutayotgan harakatlar bajarish yuzasidan chora ko‘rmasa, ular “xalqaro huquqiy tashkilotlarni” aralashtirishga to‘liq haqlilardir.

Pristayko Ukraina uzoq kutmasligini ta’kidladi. Gap bir necha hafta yoki oylar haqida bormoqda.

Kanada TIV rahbari Fransua Shampanning ta’kidlashicha, basharti Eron urib tushirilgan yo‘lovchi samolyoti uchun javobgarlikni tan olgan ekan, buning ortidan oqibatlar kelib chiqishi nazarda tutiladi.

Ukrainskiy passajirskiy samolet poterpel krushenie v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Eron raketasini payqagan uchuvchi va dispetcherning suhbati internetda paydo bo‘ldi

Xususan, Shampan va aviahalokatda fuqarolari halok bo‘lgan yana to‘rt mamlakat tashqi ishlar vazirlari Ironni halok bo‘lganlar oilalariga tovon pulini zudlik bilan to‘lashga chaqirgan. Shu bilan birga tovon puli barcha uchun bir xil bo‘lishi shart.

Ukraina Boing-737 samolyotining Eronda qulashi

"Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasining Boing-737 yo‘lovchi samolyoti 8-yanvar kuni Tehron yaqinida quladi. Layner Tehron xalqaro aeroportidan bir soat kechikish bilan parvoz qilib, bir necha daqiqada havoda bo‘ldi. Avariya natijasida 176 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina samolyotining qayerda ekanligi haqidagi so‘nggi ma’lumot Parandadagi dispetcherlar tomonidan olingan.

Dastlab, mutaxassislar Eronda samolyot halokatining uchta variantini ko‘rib chiqdilar, ularning asosiy sababi dvigatellarning yonishiga sabab bo‘lgan texnik nosozlik.

Keyinchalik Islom inqilobiy soqchilar korpusi Ukrainaning Boing-737 samolyotining Tehron yaqinida qulashida o‘z aybini tan oldi. Eron AQShning Iroqdagi bazalarini bombardimon qilganidan so‘ng AQSh tomonidan javob hujumlariga tayyorlanayotgan edi. Havo mudofaasi tizimining operatori samolyotni dushmanning qanotli raketasi sifatida qabul qilgan bo‘lib, harbiy hizmatchi bu bo‘yicha qaror qabul qilishga atigi 10 soniya vaqti bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0