13:31 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
259 0 0

Moskva "ushbu tashabbusning izchillik bilan davom ettirilishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sogʻlomlashtirish boʻyicha muhim qadam boʻlib, u yerda oʻzaro ishonch arxitekturasiga asos solishga imkon berardi", deya ishonmoqda

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. Moskva AQSH va Eron oʻrtasida mavjud ziddiyatlar faqatgina muloqot orqali yechim topilishi tarafdori, Rossiyaning Fors qoʻltigʻida kollektiv xavfsizlikni taʼminlash kontseptsiyasi mana shunga yoʻnaltirilgan, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Stampa nashriga bergan intervyusida.

Amerikanskiy morskoy pexotinets na territorii posolstva SSHA v Bagdade, Irak. 4 yanvarya 2019
© Foto : U.S. Marine Corps / Sgt. Kyle Talbot

"Agar siz joriy yilni boshlab bergan amerika-eron oʻrtasidagi navbatdagi eskalatsiyalar kalavasini nazarda tutayotgan boʻlsangiz, bizning bu boradagi pozitsiyamiz ayon. Biz BMT Nizomiga zid boʻlgan va mintaqada kelishmovchiliklar ortishiga olib keluvchi har qanday harakatlarni qoralaymiz. Pentagonning 3 yanvar kuni Bagʻdod shahridagi aeroportga tashkillashtirgan va oqibatda Al-Quds maxsus kuchlari qoʻmondoni, eronlik general Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishiga olib kelgan hujumi, xalqaro huquqning oʻta qoʻpollik bilan buzilishidir”, - dedi vazir.

Eron AQShdan oʻch olishning 13ta stsenariysini tayyorladi >>>

U shuningdek, bu fuqaro aeroporti boʻlganini eslatib oʻtdi. "Shunday ekan, yaqinda Shri-Lankaga tashrifim davomida aytgan gaplarimni qaytaraman: amerikaliklarning ushbu harakatlari – qolipga sigʻmaydi», - deb qoʻshimcha qildi Lavrov.

"Rossiya mavjud ziddiyatlar faqatgina muloqot davomida, muzokaralar stoli atrofida hal etilishi tarafdori. Oʻtgan yili yozda taqdimoti oʻtkazilgan Rossiyaning Fors qoʻltigʻida kollektiv xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha kontseptsiyasi mana shunga yoʻnaltirilgan. Qator davlatlar tomonidan ilgari surilayotgan bir-biriga qarshi boʻlish sxemalaridan farqli ravishda, biz mintaqaga konstruktiv, birlashtiruvchi kun tartibini taqdim etmoqdamiz, tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish mexanizmlarini shakllantirishga chaqirmoqdamiz", - dedi Lavrov.

Moskva pozitsiyasiga koʻra, "ushbu tashabbusning izchillik bilan davom ettirilishi, Yaqin Sharqdagi vaziyatni sogʻlomlashtirish boʻyicha muhim qadam boʻlib, u yerda oʻzaro ishonch arxitekturasiga asos solishga imkon berardi".

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular