OAV Tramp ro‘yxatidagi eng xavfli birinchi raqamli terrorchi kim bo‘lganini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlikning dastlabki ikki yilida Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) Trampga eng xavfli terrorchilar ro‘yxatini taqdim etgan.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp jiddiyroq tahdidlar mavjudligiga qaramasdan mamlakat maxsus xizmatidan “Al-Qoida” yetakchisi Usama bin Ladenning o‘g‘li Hamzani yo‘q qilishni talab qilgan. Bu haqda NBC telekanali Amerika ma’muriyati sobiq xodimining so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlikning dastlabki ikki yilida Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) Trampga eng xavfli terrorchilar ro‘yxatini taqdim etgan. Ammo Amerika rahbari aynan Hamza bin Ladenni yo‘q qilishni talab qilgan. Buni u boshqa jangarilar rahbari haqida “hech qachon eshitmagani” bilan asoslagan.

Sin Usami ben Ladena Xamza ben Laden - Sputnik O‘zbekiston
O‘ta xavfli terrorchi Usoma bin Lodinning o‘g‘li o‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi – OAV

Telekanal ma’lumotlariga qaraganda, Amerika maxsus xizmatlari birinchi navbatda yo‘q qilishni rejalashtirganlar orasida yanvar oxirida Yamanda o‘ldirilgan “Al-Qoida Arabiston yarim orolida”* terrorchilik guruhi yetakchisi Qosim ar-Raymiy hamda 2019-yil oktabrida Suriyada o‘ldirilgan ID* rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy bo‘lgan.

“Men hech qachon bu odamlar haqida eshitmaganman. Hamza bin Laden haqida nima deysiz?”, - deya Tram so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal suhbatdoshi.

Suhbatdoshning fikriga ko‘ra, Trampning xavfli terrorchilarni yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga ularning ismlarini bilish yoki bilmasligi muhim rol o‘ynagan.

2019 yil sentabr oyida Tramp Hamza bin Laden AQShning Afg‘oniston va Pokiston mintaqasidagi maxsus amaliyoti natijasida yo‘q qilingani ma’lum qilgan edi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0