TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Koronavirus tarqalishi tufayli sutka davomida ishlashga majbur boʻlgan xitoylik shifokorlarning foto suratlari internetda tarqalmoqda.
Kasallikni yuqtirib olmaslik maqsadida shifokorlar doimiy ravishda maxsus niqoblarda yurishga majbur. Uzoq vaqt niqoblarni taqish oqibatida yuzlarda shishish, chaqa va hatto chandiqlar paydo boʻlmoqda.
Images show the cuts and dents on the faces of exhausted medical teams in Wuhan who often end up falling asleep on hospital chairs and floors #Coronavirus https://t.co/i4pgHTiS9w via @MailOnline
— Sophie Tanno (@tanno_s) February 5, 2020
The Daily Mail yozishicha, suratlarda aks etgan koʻplab shifokorlar – epidemiya uchogʻi boʻlgan Uxan shifoxona xodimlari.
Suratlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining faol muhokamaga sabab boʻldi. Foydalanuvchilarga achinib, ularni haqiqiy qahramonlar deb atashmoqda.