Epidemiyadan so‘ng birinchi marta: yuk ortilgan poyezd Xitoydan Markaziy Osiyoga yo‘l oldi

Obuna bo‘lish
Yuk poyezdi instrumentlar, tekstil mollar va avtomobil ehtiyot qismlari ortilgan 82 ta konteynerdan iborat

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Koronavirus epidemiyasi avj olganidan so‘ng birinchi marotaba eksport tovarlari ortilgan yuk poyezdi Xitoyning sharqiy qismi - Szinxua shahridan Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘l oldi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Politseyskiy v maske na pustinnoy ulitse v Shanxae  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus sabab “arvoh shaharlarga” aylangan Xitoy megapolislari

Nashr axborotiga ko‘ra, poyezd 14-fevral kuni Iu shahri (Chjeszan provinsiyasi) va Ispaniya poytaxti - Madridni bog‘lab turuvchi Iu — Sinszan — Yevropa marshruti bo‘yicha yo‘lga chiqqan.

Yuk poyezdi instrumentlar, tekstil mollar va avtomobil ehtiyot qismlari ortilgan 82 ta konteynerdan iborat.

Tovarlar Sinszan-Uyg‘ur avtonom hududidagi "Xorgos" nazorat-o‘tkazuv punktidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga yuborilgan.

Poyezd ko‘zlangan manzilgan bir haftadan so‘ng yetib kelishi kutilmoqda.

Koronavirus to‘g‘risida

Dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar qilgan edi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligi aniqlandi. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik avj olishini xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan favqulodda holat, deb e’lon qildi.

Xitoy, biz sen bilan: O‘zbekiston Pekinga insonparvarlik yordamini yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga urush: O‘zbekiston Pekinga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Hukumati komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolar olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda va butun dunyoda 1 770 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 10 844 kishi virusdan tuzalgan. Kasallanganlar soni — 70 mingga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0