18:20 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (476)
421 0 0

Kema 5 fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Yaponiyaning Iokogama portida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidagi rossiyalik ayolda  COVID-19 koronavirusi aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning Tokiodagi elchixonasi xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, rossiyalik tez orada kasalxonaga yotqiziladi va u yerda davolanadi.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgani va bundan keyin ham fuqarolarga zaruriy yordam koʻrsatishda davom etishini qayd etgan.

Kema 5 fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan. Bortda jami 3,4 ming kishi bor. Kemadagi rossiyaliklar orada bu birinchi aniqlangan holat sanaladi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (476)

Asosiy mavzular