10:30 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1038 0 0

Moskva OPEKning koronavirus epidemiyasi tufayli neft qazib olishni keskin kamaytirish taklifiga rozi boʻlmadi.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik, Maksim Rubchenko. Moskva OPEKning koronavirus epidemiyasi tufayli neft qazib olishni keskin kamaytirish taklifiga rozi boʻlmadi. Natijada, neft karteli bilan munosabatlar keskinlashdi va tovar bozorida narxlarning pasayishi xavfi paydo boʻldi. Mahalliy neft sanoati nimaga umid qilmoqda va nega hozirgi sharoitda ularga ishlab chiqarish hajmini pasaytirishi zararli - RIA Novosti xabarida.

Ar-Riyodda vahima

Neft bozori qizib ketmoqda: koronavirusning tarqalishi haqidagi yangiliklarga qarab kotirovkalar keskin koʻtarilmoqda yoki pasaymoqda. Tahlilchilar epidemiyaning dunyo iqtisodiyotiga qanchalik zarar keltirishini baholashga urinmoqdalar va hozirgacha ularning xulosalari optimistik emas.

Bir hafta oldin OPEK birinchi chorakda dunyo boʻyicha neftga boʻlgan talabni prognozini kuniga 440 ming barrelga tushirdi - qariyb uchdan bir qismiga. Umuman olganda, 2020 yilda oʻrtacha kunlik isteʼmolni 230 ming barrelga kamayishi kutilmoqda.

Xalqaro Energiya Agentligi (XAE) kayfiyati bundan ham pessimistikdir. Fevral oyidagi hisobotda ushbu tashkilot mutaxassislari 2020 yilda talabning kuniga 365 ming barrelga, 825 ming barrelgacha tushishini bashorat qilganlar, bu dunyo iqtisodiyoti global inqirozdan tiklanayotgan 2011 yildan beri eng past koʻrsatkich.

Saudiya Arabistoni, neftning yetakchi ishlab chiqaruvchisi va OPEKning amaldagi yetakchisi, narxlarni 1 barrel uchun 60 dollar yoki undan yuqori narxda ushlab turish uchun ishlab chiqarishni keskin qisqartirishga chaqirdi.

5 fevral kuni OPEKning texnik qoʻmitasi ishlab chiqarishni qoʻshimcha ravishda kuniga 600 ming barrelga qisqartirishni tavsiya qildi. Tegishli qaror mart oyining boshida boʻlib oʻtadigan alyans mamlakatlari vazirlari yigʻilishida tasdiqlanishi kerak. Biroq, Ar-Riyod karteldagi hamkorlardan muddatidan oldin uchrashib, hamma narsani imkon qadar tezroq kelishib olishlarini soʻraydi.

Saudiyaliklarning vahima solishiga barcha asoslar bor. Pekin allaqachon fors-major holatlari haqida eʼlon qilgan va bir qator davlatlardan suyultirilgan gaz sotib olishdan bosh tortgan. "Karantin tufayli STG terminallarida ishchilarimiz yetishmayapti", - deya tushuntirdi CNOOC Xitoy kompaniyasi.

Pekin neft bilan ham xuddi shunday yoʻl tutishi mumkin, chunki talab epidemiya sharoitida 20%ga pasaygan. Oʻtgan yili Xitoyga rekord darajadagi 83,32 million tonna (kuniga 1,67 million barrel) eksport qilgan Saudiya Arabistoni uchun bu katta yoʻqotishlarga olib keladi.

Shu sababli, Ar-Riyod OPEKning barcha sheriklaridan ishlab chiqarishni qisqartirish boʻyicha roziligiga erishdi. Biroq, kartelga aʼzo boʻlmagan eng yirik ishlab chiqaruvchi boʻlmish Rossiya yangi cheklovlarni qoʻllab-quvvatlamadi. Bizning neft sanoatimiz xodimlarining fikriga koʻra, koronavirus epidemiyasi talab va taklif muvozanatini buzmaydi, fevral oyi boshlarida narxlarning pasayishi ommaviy axborot vositalarida vahima tufayli yuzaga kelgan va qisqa muddatli boʻladi.

Darhaqiqat, oʻtgan hafta Brent narxi 53,11 dollardan 56,5 dollargacha koʻtarildi.

Bozorlardagi vahima uzoq davom etmasligiga koʻpla ekspertlar xam rozi. "Yangi virus, ehtimol, aktivlarning baholanishiga biroz boʻrttirilgan taʼsir oʻtkazgan boʻlishi mumkin", - dedi milliarder Rey Dalio, dunyodagi eng katta "Bridgewater" xedj fondi menejeri, va kotirovkalarda sezilarli tiklanishni kutyatganligini qoʻshib oʻtdi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva: "Epidemiya global iqtisodiy oʻsishga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi". Uning soʻzlariga koʻra, XVF "V-shaklidagi zarba"ni kutmoqda: Xitoyda iqtisodiy faollikning keskin pasayishi va undan keyin keskin tiklanishi kutilmoqda.

Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey esa koronavirus ustidan gʻalaba qozonishini kafolatladi. "Umumiy epidemiya holati hamon oson boʻlmasa-da, yaqin kelajakda, shubhasiz, burilish nuqtasi vujudga keladi va yaqin orada epidemiyani toʻliq nazorat qilish oʻrnatiladi, va u albatta yoʻq qilinadi", - dedi u Rossiya Federal bojxona xizmati rahbariyatiga yoʻllagan maktubida.

Shunday qilib, mahalliy neft kompaniyalarining boshqa pasayishga shoshilmasliklari mantiqiydir. 12 fevral kuni Energetika vazirligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda yetakchi neft va gaz kompaniyalarining vakillari ikkinchi chorak oxirigacha ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish tarafdori boʻlishdi. Shu paytga kelib epidemiyaning oqibatlarini yanada adolatli baholash mumkin.

Amerikani zabt etmoq

Afsuski, Rossiya va OPEKning manfaatlari endi aniq tafovutga uchramoqda. Neft narxining oʻsishi kartel aʼzolari, ayniqsa, davlat byudjetida 50 milliard dollar miqdorida (YAIMning 6.4%) taqchillik va davlat byudjetining YAIMning 24% miqdoridagi qarzini rejalashtirishga majbur boʻlgan Saudiya Arabistoniga kerak. Boshqa koʻplab OPEK ishtirokchilari iqtisodiy barqarorligi uchun 1 barrel uchun kamida oltmish dollar narx kifoya.

Ammo Rossiya neft kompaniyalariga ishlab chiqarishni pasayishi tufayli kotirovkalarning oʻsishi koʻp foyda keltirmaydi, chunki byudjet hali ham qoʻshimcha daromadlarning koʻp qismini soliq shaklida oladi. Ammo mahalliy ishlab chiqaruvchilar Amerika bozorini zabt etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Gap shundaki, AQShning koʻplab neftni qayta ishlash zavodlari ogʻir Venesuyela neftini qayta ishlashga moslashtirilgan. Va Tramp Karakasga qarshi sanktsiyalarni qoʻllaganidan soʻng, ular xom ashyo bilan bogʻliq jiddiy muammolarga duch kelishdi.

Bitta alternativa sifatida Rossiyaning Urals nefti qoldi. Oʻtgan yilning aprel oyiga kelib, Xalqaro Energiya Agentligining (XEA) hisob-kitoblariga koʻra, Rossiyadan keltirilgan neft miqdori kuniga 150 ming barrelga yetdi, bu nday xolat 2011-2012 yillarda slanets inqilobidan beri sodir boʻlmagan.

Federal bojxona xizmati (FBX) maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilning birinchi yarmida amerikaliklar Rossiyadan qariyb uch milliard dollarlik neft sotib olishdi (2018 yilning xuddi shu davrida - 1,6 milliard dollarlik).

Dekabr oyiga qadar okean ortiga eksport qilish 3,1 baravarga - 4,28 mln. tonnagacha oshdi. AQSH Energetika vazirligida taʼkidlanganidek, Rossiya yetkazib beruvchilar orasida Saudiya Arabistoni bilan Meksikadan oldinga oʻtib, faqat Kanadadan ortda qoldi. Taqqoslash uchun - 2017 yilda Moskva bu roʻyxatda atigi oltinchi edi.

Ammo kengayishni davom ettirish uchun tegishli ishlab chiqarish hajmlari kerak, shuning uchun OPEK tomonidan taklif etilgan yangi cheklovlar biznesga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bu orada vahima asta-sekin pasayib bormoqda. OPEK + Texnik qoʻmitasi allaqachon 600 ming barrelni kamaytirish boʻyicha tavsiyalarni bekor qildi, dedi Jazoirning energetika vaziri Muhammad Arkaba.

Aslida, qoʻmita Rossiyaning OPEK + bitimini kvotalarni oʻzgartirmasdan 2020 yil oxirigacha uzaytirish bilan cheklanish haqidagi taklifiga rozi boʻldi. Yakuniy qarorni OPEK + energetika vazirlari 6 mart kuni boʻlib oʻtadigan yigʻilishda qabul qilishlari kerak boʻladi.

Asosiy mavzular