15:22 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
284 0 0

Taʼkidlanishicha, bosh vazir imzolagan ushbu qaror yangi koronavirusning olib kirilishi va tarqalishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. 20 fevraldan Xitoydan Rossiyaga ish, taʼlim, sayyohlik va shaxsiy maqsadlar bilan keluvchilarga Rossiyaga kirish vaqtinchalik taqiqlanadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ushbu qaror yangi koronavirusning olib kirilishi va tarqalishini oldini olish maqsadida qabul qilingan. Tegishli farmoyish Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan.

Taqiq Xitoydan boshqa davlatlarga Rossiya aeroportlari orqali yoʻl oluvchilarga taalluqli emas.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishga qaror qilgani xabar qilingan edi.

COVID-2019

Xitoyda nomaʼlum pnevmoniyaning avj olishi oʻtgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020 yil 19 fevral holatiga koʻra uni yuqtirganlar soni 75 ming kishidan oshgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2012 kishini tashkil qilgan. 14634 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)

Asosiy mavzular