14:23 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
53101

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSH Suriya neftini ochiqchasiga oʻgʻirlayotganini va shu bilan birga Suriyaga neft olib kirishni taʼqiqlayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQShni Suriyaning neft boyliklarini talon-taroj qilishda aybladi. Harbiy ekspert Viktor Baranets nima uchun Amerika qoʻshinlarining Arab Respublikasida boʻlishi "nuqtali" xarakteriga ega ekanligini Sputnik radiosining efirida tushuntirdi.

AQSH Suriyadagi neft konlarini ochiqchasiga va andishasiz talon-taroj qilmoqda va shu bilan birga sanktsiyalar orqali bu mamlakatga neft yetkazib berishni taqiqlamoqda, dedi Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu.

"Bir tomondan, neft qazib olinadigan neft konlari (hudud) AQSH tomonidan nazorat qilinadi. Suriya davlati va Suriya xalqiga tegishli boʻlgan boyliklar ochiqchasiga va andishasiz talon-taroj qilinmoqda. Boshqa tomondan, u yerga neft olib kirish taqiqlangan", - dedi armiya generali.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Suriyaning tinch aholisi aziyat chekmoqda. Odamlarga issiqlik, issiq suv, elektr energiyasi kerak. "Bularning barchasi u yerga yetkazib berilishi taqiqlangan uglevodorodlardan olinadi, va ular oʻzlari hamma joydan ham har doim ham uni qazib olisha olmaydilar", - deya tushuntirdi Shoygu.

Sputnik radiosida "Komsomolskaya pravda" gazetasining harbiy sharhlovchisi, isteʼfodagi polkovnik Viktor Baranets AQShning harakatlarini ochiqchasiga talonchilik va bosqinchilik deb atadi.

"Amerika Qoʻshma Shtatlari bu respublikaning qonuniy hukumatining ruxsatisiz Suriyaga oʻz qoʻshinlarini yubordi va ularning barcha harakatlari bosqinchilar harakatiga oʻxshaydi. Ularning ISHIDga* qarshi kurashlari soxta boʻlib chiqdi - ular terrorchilarni bombardimon qilishmadi, ammo shov-shuv ostida ular yangi oʻq-dorilar va raketalarni sinovdan oʻtkazishdi. Agar ular bu yerlarda qurgan bazalar boʻlmaganda, Amerikaning Suriyadagi mavjudligi sharpalar mavjudligi kabi boʻlar edi. Ular ulkan neft zaxiralariga ega boʻlgan bir nechta hududlarni egallab olishib, oʻz boʻlinmalarini bu hududlarga bogʻlab, Suriya neftini tortib sotish bilan shugʻullanishmoqda. Amalda ular kontrabanda bilan shugʻullanishmoqda. Agar Suriyaning tabiiy boyliklari xaritasiga qarasak, ularning bazalari "yogʻli" mintaqalar bilan bogʻlanganligini koʻrasiz. Aynan shu holat (prezident Donald) Trampni (Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqish qaroridan) ushlab turipti. Barcha xalqaro qoidalarga koʻra, bu yaqqol ishgʻol. Ha, bu suveren davlatning yashirin talon-taroj qilishdir", - dedi Viktor Baranets.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik guruhi

Asosiy mavzular