18:37 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
545 0 0

Venesuela giperinflyatsiyaga uchragan milliy vayutasining yangi, denominatsiya qilingan kupyuralarini chop etishni Rossiyaning "Goznak" korxonasiga buyurtma berdi.

TOSHKENT, 19 fev - Sputnik. Rossiya Venesuela uchun pul chop etadi, deb xabar qildi Bloomberg Venesuela Markaziy banki va "Goznak" AJ orasida imzolangan shartnomaga asosan, RIA Novosti xabariga asosan. 

Agentlik xabariga koʻra tomonlar 2019 yilning noyabr oyida 300 million dona Venesuela bolivar kupyuralarini chop etishni koʻzda tutuvchi shartnoma imzolashgan.

Buyurtma qiymati 10 000 dan 50 000 gacha boʻlgan Venesuela bolivarlarining denominatsiya qilingan  yangi kupyuralarini chop etishni nazarda tutadi. Dastlabki bosqichda banknotalar umumiy qiymati 143 million dollarni tashkil etadi. Tasdiqlanmagan  xabarga koʻra, Venesuela valyutasini chop etish uchun "Goznak" 7,4 million dollar toʻlov oladi. 

Eslatib oʻtmiz, soʻnggi yillarda AQSH va qator davlatlar bosimi ostida Venesuela iqtisodiyotida giperinflyatsiyaga uchragan edi. Buning oqibatida mamlakat qogʻoz pullarining qadri keskin tushib ketgan edi. Bugungi kunda mamlakat ichidagi hisob-kitoblar AQSH dollarda amalga oshirilmoqda. 

Maʼlumot uchun, Rossiyaning "Goznak" AJ buyurtmachilari orasida Belorussiya, Livan, Gvatemala, Malayziya va boshqa davlatlar ham bor. Korxona yiliga 11 000 tonna banknotalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Puldan tashqari AJ pasport va boshqa himoyalangan blanklar ham chop etadi.

Asosiy mavzular