23:35 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
128310

Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov musulmonlarni “jamoat joylarida, namoyishkorona” ibodat qilmaslikka chaqirdi.

TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov musulmonlarga jamoat joylarida namoz oʻqimaslikni maslahat berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Palomnikam iz Uzbekistana otkazali vo vʼyezde v Saudovskuyu Araviyu
Komitet po delam religiy pri kabinete ministrov Uzbekistana

U boshqalarga noqulaylik tugʻdirmaslik, "real voqelik va konstitutsiyaviy tartibni hisobga olgan holda" ibodat uchun joy tanlashga maslahat berdi.

Rossiyalik muftiyning ushbu bayonoti internet tarmogʻida tarqalib ketgan - uylarning biri oldida ibodat qilayotgan ovqat yetkazib beruvchi kuryerlar aks etgan fotosuratlarning qizgʻin muhokamasidan soʻng yangradi.

Ushbu suratlarni Moskvadagi Novogireyevo tumanida istiqomat qiluvchi kishi joylashtirgan.

Surat ostida ular hamisha jonajon "Makdonalds" orqasidagi yalanglikka oʻtib, ibodat qilishlari haqida izoh qoldirilgan, ushbu holat mahalliy aholini havotirga solayotgan boʻlishi ehtimoli bor, huquq-tartibot idorasi vakillari esa murojaatlarga javoban hech qanday chora koʻrmagan.

Internet foydalanuvchilari bu suratlarni faol ravishda muhokama qilishni boshlashdi.

Muftiy dindorlar "jamoat joylarida, namoyishkorona" namoz oʻqimasliklari, boshqalarga noqulaylik tugʻdirmaslik kerakligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, Alyautdinov musulmon uchun har kuni oʻz vaqtida besh vaqt namoz oʻqish farz ekanligini eslatdi. Axir inson qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, namozni belgilangan vaqtda oʻqishi, atrofdagilar esa buni toʻgʻri tushunmoqlari zarur.

"Xudoning marhamati shundaki, davlatimiz katta, joylarimiz koʻp. Odamlarni bezovta qilmasdan, tinchgina ibodat qilish uchun koʻzdan pana boʻlgan joylarni topish mumkin", - deb qoʻshimcha qildi muftiy.

Asosiy mavzular