23:12 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
687 0 0

Xitoylik mutaxassislar koronavirusga qarshi vaktsina qachon sinovdan oʻtkazish boshlanishini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Xitoyda koronavirusga qarshi vaktsinani klinik sinovlari aprel oyining oxiridan boshlanadi. Bu haqda Xitoy Fan va texnologiyalar vazirining oʻrinbosari Syuy Nanpin maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, preparat tayyorlash ishlari boshqa davlatlar bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda.

Xitoy Davlat sogʻliqni saqlash qoʻmitasi oʻrinbosari Tszen Isin taʼkidlashicha, Xitoy tomonidan yaratilgan baʼzi vaktsinalar hayvonlarda sinovdan oʻtkazila boshlangan.

U taʼkidlashicha, vaktsinani yaratish juda murakkab, koʻp vaqt talab etadi va Covid-19 mutlaqo yangi kasallik ekanligini inobatga olib, uni yaratish jarayonida koʻplab noaniq omillar paydo boʻladi.

Tszen Isinning soʻzlariga koʻra, mutaxassislar faol birikmalarni aniqlashlari kerak, birinchi navbatda virusning mos shtammini tanlashlari kerak. Keyinchalik, ishlab chiqarish texnologiyasi va sifatini nazorat qilinadi, bir qator sinovlarni, shu jumladan hayvonlarni sinovdan oʻtkaziladi, xavfsizlik ekspertizasini oʻtkaziladi va shundan keyingina klinik sinovlariga oʻtish mumkin.

Payshanba kuni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, uch haftadan soʻng yangi turdagi koronavirus uchun ikkita dori sinovlarining natijalarini kutayotganini eʼlon qildi. Bir testda ikkita OIV dorisi, lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi sinovdan oʻtkaziladi, ikkinchisida remdisivir preparati oʻrganilmoqda.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey) Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi.

21 fevral holatiga Xitoyda 75 mingdan ortiq kishi bu virus bilan kasallangan, 2 236 kishi vafot etdi, 18,2 ming kishi davolanishga muvaffaq boʻlgan.

 


Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular