22:46 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
1195 0 0

Germaniyalik onkolog Yoxannes Bruns saratonga qarshi kurashning eng samarali usulni aytdi. Bugungi kunda onkologiyada eng samaraligi immun onkologiya.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Bugungi kunda saraton kasalligiga qarshi kurashning eng samarali usuli - bu immunoterapiya hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti Germaniya Saraton kasalligi jamiyati bosh kotibi Yoxannes Brunsga asosan xabar qildi.

Bruns payshanba kuni Rossiya onkologlari uyushmasi, Germaniya onkologik jamiyati va Kox-Mechnikov forumi Germaniya onkologlar kongressi (Deutscher Krebskongress 2020) doirasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasini imzolashda ishtirok etdi.

"Bugungi kunda onkologiyada eng samaraligi immun onkologiyasidir, bu dori-darmonlar, shuningdek, oʻzgartirilgan T-hujayralar yordamida amalga oshiriladi. Bu mutlaqo yangi narsa, faqat oʻtgan yildan beri mavjud", - dedi Bruns.

Uning taʼkidlashicha, ushbu usulning samaradorligi "(davolanib chiqqanlar-tahr) foizi bilan bogʻliq emas, aksincha, baʼzi ilgari davolab boʻlmagan limfomalar endilikda davolanishi mumkinligida". Gap "hamma kasallanganlar haqida emas, balki ilgari oʻlimga mahkum boʻlgan yoki uzoq terapiyaga muhtoj boʻlgan koʻplab bemorlar toʻgʻrisida", - dedi Bruns.

"Saraton – gomogen kasallik emas, u koʻplab aʼzolarga zarar yetkazadi va biz allaqachon saratonning ayrim turlarini, masalan, T-hujayralari qoʻllaniladigan qon saratonini davolashda muvaffaqiyat qozonmoqdamiz", - dedi tashkilotning bosh kotibi va "hali qilinadigan ishlar juda koʻp" deb qoʻshib oʻtdi.

Germaniyaning Saraton kasalligi boʻyicha Kongressi har yili oʻn mingdan ortiq olimlar, shifokorlar, siyosatchilar va vazirliklar va idoralarning vakillarini toʻplaydigan keng miqyosli forumdir. 22 fevralga qadar davom etadigan kongressda saraton kasalligini tashxislash, davolash va oldini olish sohasidagi soʻnggi yutuqlarga bagʻishlangan 300 dan ortiq tadbirlar boʻlib oʻtadi.

 

Asosiy mavzular