05:58 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
100020

Pentagon vakiliga koʻra, "stsenariy Yevropada Rossiya bilan boʻlayotgan urush singari shtatdan tashqari holatni qamrab olgan boʻlib, bunda Rossiya NATO hududidagi obʼyektga qarshi kam quvvatli yadro qurolini cheklangan miqdorda qoʻllash qarorini qabul qiladi".

TOSHKENT, 22 fev – Sputnik. AQSH Rossiya Yevropa boʻylab yadroviy zarba beradigan taqdirda, Qoʻshma Shtatlar tomonidan boʻladigan javob zarbasi boʻyicha "kichik" oʻquv-mashgʻulotlar oʻtkazdi, deb xabar berdi Pentagon vakili. RIA Novosti xabari asosida.

Uning soʻzlariga koʻra, "stsenariy Yevropada Rossiya bilan boʻlayotgan urush singari shtatdan tashqari holatni qamrab olgan va bunda Rossiya NATO hududidagi obʼyektga qarshi kam quvvatli yadro qurolini cheklangan miqdorda qoʻllash qarorini qabul qiladi".

Bunday holatlarda ishga mudofaa vaziri, soʻngra prezident aralashadi va oxir-oqibat qanday munosabat bildirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, deb qoʻshimcha qildi Pentagon vakili.

Mashgʻulotlar davomida AQSH reaktsiyasi imitatsiya qilingan boʻlib, unda Vashington "Rossiyaga qarshi yadroviy zarba bilan javob qaytaradi". Taʼkidlanishicha, Pentagon rahbari Mark Esper mashgʻulotlar davomida Qoʻshma Shtatlar bu singari vaziyatda qanday reaktsiya bildirishi mumkinligi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlgan.

Mashgʻulotlarda shuningdek, "yadroviy inqiroz vaqtida muloqot qanday kechishi"ni tushunish uchun AQSH kongressi vakillari ham ishtirok etganlar.

Sal oldin, juma kuni, Pentagon vakili AQSH Yevropada kam quvvatga ega yadroviy raketalarni joylashtirishni rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan edi. Amerikaning "Rossiya tomonidan boʻlgan qoidabuzarlikka javobi" yadroviy boʻlmasligiga ishontirib, bu yerda gap DRSMD bilan ruxsat berilgan radiusdagi ballistik raketalar haqida gap borayotganini aytgandi.

Fevral oyi boshida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoga yadroviy urush boshlanishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisidagi bayonotni qabul qilish taklifini bildirgan edi. Lavrov Vashington tez orada javob qaytarish vaʼdasini berganini eslatib, bu javob ijobiy boʻlishiga umid bildirdi.

Asosiy mavzular