01:26 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
119910

Soʻnggi 30 yil ichida sobiq SSSRning Yevropa qismida joylashgan respublikalar aholisi kamayib Markaziy Osiyo respublikalari va Ozarbayjon aholisi koʻpaygan.

TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. Soʻnggi 30 yil ichida sobiq SSSR respublikalarining aholisi atigi 10 million kishiga koʻpaygan. Bu haqida Migratsiya agentligining matbuot kotibi xabar qilmoqda

"1989 yilda sobiq Ittifoq hududi aholisi 286 mln., 2019 yilda esa 296 mln. kishini tashkil etgan, yaʼni 10 mln.ga koʻpaygan", - deyilgan xabarda. 

Aholisi eng koʻp miqdorda kamaygan respublikalar bu - Ukraina (-18%), Moldova (-38%), Gruziya (-31%)  va Latviya(-28%) boʻlib chiqdi. Aholi soni oʻsishi boʻyicha esa mutlaq chempion Oʻzbekiston(+67,1%) +14 mln., ikkinchi oʻrinda Tojikiston (+78,6%) +4 mln., uchinchi oʻrinta Turkmaniston (+65,6%) +2,2 mln. kishi. 

Kak izmeniilos naseleniye bыvshego SSSR

Eʼtiborli jihati shundaki, soʻnggi 30 yil ichida sobiq SSSRning faqat musulmon respublikalari aholisi oʻsgan. Yevropa qismida joylashgan respublikalar aholisi kamayishi kuzatilgan.  

Rossiya aholisi soni deyarli oʻzgarmagan (-0,4%). Bunda albatta sobiq Ittifoq respublikalaridan koʻchib kelganlar va yangi qoʻshilgan Qrim aholisini ham hisobga olish kerak. 

 

 

Asosiy mavzular