Rossiyada islomofobiyani pasaytirishga qaratilgan hujjat tayyorlanmoqda

© SputnikAlbir Krganov
Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya musulmonlari jamoasi rahbari musulmonlarga nisbatan paydo bo‘lgan turli afsona va uydirmalarni yo‘qqa chiqarishga qaratilgan hujjat haqida so‘zladi.

Rossiya musulmonlari diniy jamoasi rahbari Albir Krganov Rossiya Federatsiyasida yashayotgan yoki vaqtincha yashab turgan musulmonlarning huquqlari rioya qilinishiga bag‘ishlab tayyorlangan hujjat haqida gapirdi.

Krganovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ma’ruzani tayyorlash Rossiyada yuzaga kelgan vaziyatni jamoatchilik va musulmonlarning o‘zlariga yetkazish zaruriyati bilan bog‘liq edi. Xususan, ushbu hujjat musulmonlarga nisbatan paydo bo‘lgan turli afsona va uydirmalarni yo‘qqa chiqarish va jamiyatdagi islomofobiya darajasini pasaytirishga qaratilgan.

"Ushbu hujjat boshida biz Rossiyadagi musulmonlar hayotining tasviriga izoh berishga, "Islomofobiya" tushunchasini aniqlashtirishga harakat qildik, chunki bugungi kunda, afsuski ba’zi joylarda, bu so‘zga xaddan ziyod siyosiy tus berilmoqda. Shuningdek, biz qo‘limizda bo‘lgan vositalar va qonunchilik bazasidan foydalanmaslik holatlarini kuzatmoqdamiz." - dedi muftiy.

U bunday tahliliy ish nafaqat o‘z huquqlarini qanday himoya qilishni bilmaydigan musulmonlar uchun, balki mutaxassislar, shu jumladan oliy o‘quv yurtlari uchun ham foydali bo‘lishini ta’kidladi. Krganov barcha toifadagi fuqarolar bilan ishlashi mumkin bo‘lgan, diniy ma’noga oid bahsli masalalarni xolis va konstruktiv hal eta oladigan professional kadrlar tayyorlash juda muhimligini ta’kidladi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun Sputnik Ozarbayjon radiopodkastini tinglang.

Albir Krganov: ponyatie "islamofobiya" izlishne politiziruyetsya
Yangiliklar lentasi
0