Koronavirus tufayli afg‘on-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Mediabankka o‘tishNa tadjiksko-afganskoy granitse
Na tadjiksko-afganskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tojik-afg‘on chegarasida joylashgan barcha o‘tish joylarida nazoratni kuchaytirdi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Tojikiston Afg‘onistonda qayd etilgan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tojik-afg‘on chegarasida joylashgan barcha o‘tish joylarida nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri o‘rinbosari Mirhamuddin Kamolzoda. RIA Novosti xabariga asosan.

Iranskie jenshini nosat zashitnie maski, chtobi predotvratit zarajenie koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

“Afg‘oniston bilan chegaradosh barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida nazoratni kuchaytirishga qaror qildik, chunki u yerda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan”, - dedi u.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat SSV xodimlari hozirda tojik-afg‘on chegarasida vaziyatni nazorat qilishmoqda.

“Biz chegara o‘tish joylarida va xalqaro aeroportlarda COVID-19 koronavirusining Tojikistonga kirib kelishini oldini olish maqsadida Afg‘onistonning tegishli organlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz”, - dedi Kamolzoda.

U hozircha tojik-afg‘on chegarasini to‘liq yopilishi haqida gap yo‘qligini aytdi.

Dushanba kuni Afg‘onistonda koronavirus kasallanish holati qayd etildi. U yerda favqulodda holat e’lon qilindi, deb ma’lum qildi Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Firozuddin Firuz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan shaxs Eronning Kum shahriga ziyorat uchun borgan.

Yangiliklar lentasi
0