20:15 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
102030

Oʻzbekiston hozircha YEOIIga qoʻshilish toʻgʻrisida rasmiy ariza bermadi. Qozogʻiston savdo va integratsiya vaziri oʻrinbosari Janel Kushukova ehtimoliy integratsiya istiqbollari haqida oʻz fikrini aytdi.

“YEOII doirasida biz bir-birimizga ichki temir yoʻl tarifini beramiz. Ularda (Oʻzbekiston tomoni)” "temir yoʻl" boʻyicha cheklov juda jiddiy. YEOIIga qoʻshilish orqali masalalarni ham hal qilsa boʻladi, chunki Oʻzbekiston  - bu Sharq bozorlariga chiqish yoʻlimiz. Afgʻonistonga ketayotgan koʻpgina narsa, ular orqali oʻtadi. Yanada qulay tariflar biz uchun katta foyda keltirishi mumkin. Oʻzbekiston barchamizga yaxshi raqobatchilik qilishi aniq”, - dedi Kushukova integratsiya toʻgʻrisidagi Shartnoma kuchga kirishi va YEOII faoliyati besh yilligiga bagʻishlangan press-turda.

Shuningdek, Kushukova  Oʻzbekiston tadbirkorlari yangi sifat darajaga chiqishi mumkin deb aytdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil kuzda mamlakatning YEOIIga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

YEOII - 2015 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.

Mutaxassisning batafsil izohini rus tilida quyidagi podkast orqali tinglashingiz mumkin.

Plyusы vozmojnogo prisoyedineniya Uzbekistana k YEAES nazvala vitse-ministr torgovli

 

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)

Asosiy mavzular