00:49 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
84910

Antarktidadagi Ukraina “Akademik Vernadskiy” stantsiyasini qizil qor qopladi. Taʼkidlanishicha, stantsiya yaqinida antiqa suv oʻtlari oʻsib chiqqan.

TOSHKENT, 25 fev – Sputnik. Antarktidadagi Ukraina “Akademik Vernadskiy” stantsiyasini qizil qor qopladi. Bu haqda Ukraina taʼlim va fan vazirligi maʼlum qildi.

Chlamydomonas nivalis deb nomlangan mikroskopik qor suv oʻtlari bu rangni beradi. Ular past haroratdan qoʻrqmaydi va qishda qor ostida sporalarni hosil qiladi. Ob-havo yaxshilangach, sporalar oʻsishni boshlaydi. Hozir Antarktidada yoz mavsumi.

Yashil pigment, xlorofil, suv oʻtlarida qizil karotin qatlami mavjud. Uning tufayli qorda qizil dogʻlar paydo boʻldi.

"Qizil malina rangi tufayli qor kam quyosh nurini aks ettiradi va tezroq eriydi" - deyiladi vazirlik sahifasida.

Natijada koʻproq porloq suv oʻtlari paydo boʻladi. Shunga oʻxshash hodisalarni Arktika va Alp togʻlarida ham kuzatish mumkin.

Asosiy mavzular