Muxbir jonli efirda bexosdan AR maskani ishlatib yubordi

Obuna bo‘lish
Amerikalik mahalliy telekanal muxbiri AR maska yordamida reportaj suratga olib internetda mashhur bo‘ldi.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Shimoliy Karolinaning WLOS telekanali muxbiri Jastin Xinton Facebook Live servisi orqali yog‘ayotgan qor haqida jonli reportaj olib borayotganda bexosdan kameradagi AR filtrlarni yoqib qo‘ygan.

Uni curatga olgan yordamchisi jurnalistga ekranda "kulgili yuzlar" paydo bo‘lganini aytdi, ammo muxbir bunga hech qanday jiddiy voqea yuz bermagan deb qaror qildi.

Va, haqiqatdan ham, AR maskalar yordamida suratga olingan reportaj tomoshabinlarga ma’qul keldi. Telekanal rahbariyati ham ushbu reportajni ajoyib deb topishdi.

Xintonning o‘ziga yuqoridagi kosmonavtlar maskasi ko‘proq yoqqan. Bu haqida u reportajdan so‘ng tvitterda yozib qoldirgan. 

​AR maska - dunyodi birinchi bo‘lib Xitoyning Snapchat dasturida paydo bo‘lgan edi. Dastlab uning mualliflari boshida inson yuzini chiroyliroq, silliqroq qilib ko‘rsatadigan maskalar yaratishgan. Keyinchalik turli noreal kulguli maskalar ham paydo bo‘lgan: masalan quyon quloqlari, film qahramonlari yuzlari, kompyuter o‘yinlari personajlariga o‘xshash maskalar boshqalar. 

Yangiliklar lentasi
0