21:08 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1950 0 0

Dengiz quyonlari, sakkizoyoqlar singari, himoya uchun tarkibida toksinlar boʻlgan siyohlardan foydalanadilar va itlar uchun zaharli hisoblanadi.

TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Avstraliyalik erkak Pert yaqinidagi plyajda gʻayrioddiy bir jonzotni topdi, deb xabar beradi Unilad.

Erkak ushbu jonzotning fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Foydalanuvchilardan biri topilmani plastik qop yordamida okeanga tashlab yuborishni tavsiya qildi. U buni "it qotili" ekanligini taʼkidladi.

Keyinchalik, Makquari universiteti biologiya fanlari boʻlimi professori Kulum Braun topilgan jonivor dengiz quyoni ekanligini tushuntirdi.

Dengiz quyonlari, sakkizoyoqlar singari, himoya uchun tarkibida toksinlar boʻlgan siyohlardan foydalanadilar va itlar uchun zaharli hisoblanadi.

Avvalroq "Ciara" toʻfoni Shotlandiyaning shimoliy-sharqiy sohiliga sirli dengiz jonzotining skeletini chiqargani maʼlum boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda u qaysi hayvonga tegishli ekanligi haqida tortishuvlar kuchayib ketdi. Baʼzi sharhlovchilar buni kit yoki kasatkaga tegishli deb taʼkidlashsa, boshqalari uni tulki-akulaning qoldiqlari deb taxmin qilishdi.

Asosiy mavzular