20:25 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (504)
564430

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 27 fevral holatiga dunyo boʻylab koronavirusni 85 ming kishi yuqtirgan, bu kasallikdan vafot etganlar soni sal kam 3 mingni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. 2019-nCoV yangi koronavirus shtammining manbasi Xitoyda paydo boʻlganligi haqida hech qanday dalillar yoʻq, deb aytdi Xitoy Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasining maxsus ekspert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan matbuot anjumanda.

Biroq, ekspert oʻlim koronavirusi tarqalishi ilk bor Xitoyning Xubey provintsiyasida qayd etilganini tan oldi.

“Epidemik vaziyat boʻyicha taxminlar va prognozlarga kelsak, biz birinchi navbatda boshqa davlatlarni hisobga olmagan holda Xitoyni koʻrib chiqmoqdamiz. Epedemiya tarqalishi birinchi marta Xitoyda aniqlangan boʻlsa ham, kasallikning manbasi Xitoyda paydo boʻlishi shart emas”, - deb taʼkidladi xitoylik olim.

Mutaxassis hozirgi vaqtda Xitoydan tashqarida koronavirus bilan yuqtirish holatlari tobora koʻpayib borayotganiga eʼtibor qaratdi.

2019-nCoV tarqalishi

Oʻtgan yil dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 27 fevral holatiga dunyo boʻylab koronavirusni 85 ming kishi yuqtirgan, bu kasallikdan vafot etganlar soni sal kam 3 mingni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda shifokorlar 33 ming bemorlarning sogʻayib ketishiga yordam berdilar.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (504)

Asosiy mavzular