12:12 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
393 0 0

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Tehron va Eronning boshqa shaharlardagi masjidlarida juma namozi bekor qilindi, Saudiya Arabistoni ziyoratchilar kirishini chekladi.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Yaqin Sharq mamlakatlarida koronavirusni tarqatmaslik boʻyicha choralar koʻrilmoqda, deb xabar qildi "Interfaks" nashri.

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Tehron va Eronning boshqa shaharlardagi masjidlarida juma namozlari bekor qilindi.

Eronda koronavirusni yuqtirish 254 ta holati aniqlandi, 26 kishi virusdan vafot qildi. Kuni kecha Eron ayollar va oila ishlari boʻyicha vitse-prezidenti Maʼsuma Ebtekar ham koronavirusga chalingani maʼlum boʻldi.

Shuningdek, 27 fevral kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi “koronavirus xavfli ravishda tarqalayotgan davlatlardan" ziyoratchilar kirishini taʼqiqladi.

Koronavirus - soʻnggi maʼlumotlar

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda pnevmoniyaga chalinganlar soni 78 ming kishidan oshdi. 2778 kishi vafot qildi. 36 ming kishi sogʻayib ketdi.

Oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha birinchi oʻrinda Xitoy, keyin Janubiy Koreya, Eron va Italiya egalladi. Epidemiya 36 ta mamlakatga tarqaldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)

Asosiy mavzular