21:59 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
573 0 0

Istiqbolli tadqiqotlar jamgʻarmasining (FPI) Ilmiy-texnik kengashi Rossiyaning birinchi koʻp marotaba ishlatiladigan "Krыlo-SV" raketasining uchuvchi namoyishchisini ishlab chiqarishni boshlashga qaror qildi.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Istiqbolli tadqiqotlar jamgʻarmasining (FPI) Ilmiy-texnik kengashi Rossiyaning birinchi koʻp marotaba ishlatiladigan "Krыlo-SV" raketasining uchuvchi namoyishchisini ishlab chiqarishni boshlashga qaror qildi, deb xabar beradi jamgʻarma matbuot xizmati RIA Novosti’ga.

"Qaytadigan koʻp marotaba foydalaniladigan qanotli raketa bloklarining uchish eksperimental namunalar kompleksini yaratish"loyihasi tasdiqlandi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

"Krыlo-SV" yengil sinf raketasining koʻp marotaba foydalaniladigan qanotli bosqichidir, uning dastlabki loyihasi tayyorlangan va 2019 yil 29 mayda FPIda ijobiy baho bilan himoya qilingan. Bu "V.M. Myasiщev nomidagi EMZ" OAJ boshchiligidagi ishchi guruhi olib borildi.

"Krыlo-SV" loyihasi doirasida kelgusi toʻrt yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ovoz tezligidan past namunalarda avtomatik qoʻnish va ovoz tezligidan past parvoz rejimida va ovoz tezligidan yuqori tezliklarda esa namunalar mos ravishda ovoz tezligidan yuqori tez rejimlarda sinovdan oʻtkaziladi. Tadqiqot natijasi sifatida raketa dvigateliga ega toʻliq ishlaydigan namoyishchi boʻlishi kerak, u namoyishchi stratdan to kerakli balandlikka yetib, qaytish va qoʻnish bilan yakunlanishi kerak, yaʼni barcha sinov tsiklini yakunlashi kerak boʻladi", - deyishdi FPIda.

Avvalroq namoyishchining parvoz sinovlarini boshlanishi, yaʼni uning birinchi toʻliq ishga tushirilishi 2023 yil oxirida rejalashtirilganligi xabar qilingan edi.

Raketaning uzunligi olti metr va diametri 0,8 metrni tashkil qilishi aytilgan edi. Raketa namoyishchisi asl nusxaning uchdan bir qismini tashkil qiladi. Raketa yuqori tezlik bilan harakatlanadi - 6 Max raqamiga qadar. Uchirishlar Kapustin Yar poligonidan Kaspiy dengizigacha qarata amlga oshiriladi. Raketa uchun maxsus "Vixr" deb nomlangan yangi dvigatel ishlab chiqilmoqda. Roskosmosning TSNIImash bosh ilmiy institutida raketani yaratish uchun yangi konstruktorlik byurosini yaratish rejalashtirilgan. Parvozni davom ettiradigan ikkinchi bosqich ajralib chiqqanidan soʻng, birinchi koʻp marotaba foydalanish mumkin boʻlgan bosqich oʻz qanotida kosmodromga qaytadi.

Asosiy mavzular