Turkiyaning Yevroittifoq bilan chegaralarini 76 mingdan ziyod qochoq kesib o‘tdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishTursiya otkrila granisi s YeS dlya siriyskix bejensev
Tursiya otkrila granisi s YeS dlya siriyskix bejensev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Turkiya prezidenti Rejep Erdog‘an mamlakat suriyalik qochoqlar uchun o‘zining YeI bilan chegaralarini ochishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Suleyman Soylu 76 ming 368 nafar migrantlar mamlakatning Yevropa ittifoqi bilan chegaralarini kesib o‘tganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mahalliy vaqt bilan soat 9:55da Edirne orqali (Turkiya shimoliy-g‘arbidagi Bolgariya va Gretsiya bilan chegaradosh provinsiya) Turkiyani tark etgan qochoqlar soni 76 ming 368 kishini tashkil etgan.

​Avvalroq Turkiya prezidenti Rejep Erdog‘an mamlakat suriyalik qochoqlar uchun o‘zining YeI bilan chegaralarini ochishini ma’lum qilgan edi.

Turkiyaning hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi matbuot kotibi O‘mer Chelik Turkiya o‘zining migratsiya siyosatiga sodiq qolishini ma’lum qilgan edi, lekin u Suriyadagi qochoqlar oqimini to‘xtatib turadigan ahvolda emas. Shundan so‘ng Turkiya bilan qo‘shni mamlakatlar chegarada nazoratni kuchaytirishganini ma’lum qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0