OAV: Turkiya harbiylari ikkita Suriya samolyotini urib tushirdi

© AP Photo / Ghaith AlsayedTureskie soldati vipustili raketu po pozitsiyam siriyskogo pravitelstva v provinsii Idlib
Tureskie soldati vipustili raketu po pozitsiyam siriyskogo pravitelstva v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVda Idlibda turk harbiylari Suriya harbiy-havo kuchlariga tegishli ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Idlibda turk harbiylari Suriya harbiy-havo kuchlarining ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi. Bu haqda SANA agantligi xabar qildi.

OAV xabariga ko‘ra, uchuvchilar katapulta vositasida irg‘ib chiqib, parashut bilan o‘zlarini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan va ularning ahvoli yaxshi. Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.

Suriya armiyasi bugun Idlib provinsiyasi ustidagi havo maydoni yopilishini e’lon qildi. Bayonotda bu mintaqada payqalgan har qanday samolyotlar dushmanniki deb qabul qilinib, urib tushirilishi ochiqlangan edi. Keyinchalik SANA agentligi Suriya armiyasi tomonidan Sarakeb shahri ustida turk uchuvchisiz uchish qurilmasi urib tushirilganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0