Filippinda qurollangan erkak 30 kishini garovga oldi

© AFP 2023 / /NOEL CELISFlag Filippin
Flag Filippin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ABS CBN mahalliy telekanal garovga olgan shaxs o‘t ochgani hamda u granata bilan qurollanganini xabar qilmoqda.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Filippin poytaxti Manilada qurollangan kishi 30ga yaqin kishini garovga oldi. Bu haqda Rappler portali xabar qilmoqda.

​Hodisa savdo markazida sodir bo‘lgan. OAV xabariga ko‘ra, garovga olgan shaxs savdo markazining sobiq qo‘riqchisi. U garovga olgan shaxslarning deyarli hammasi savdo markazi xodimlari ekani aytilmoqda.

​ABS CBN mahalliy telekanal shahar merining so‘zlariga tayangan holda jinoyatchi o‘t ochgani hamda u granata bilan qurollanganini xabar qilmoqda. Bir kishi yaralangan va u kasalxonaga olib ketilgan.

Hozir politsiya bosqinchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda va odamlarni evakuatsiya qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0