AQSh Vyetnamni qanday bombardimon qilgan? - “Momaqaldiroq gumburlashi”

CC0 / U.S. Navy - scan from Robert L. Lawson / U.S. Navy A-6A Intruder all-weather bombers, in 1968Bombardirovshiki VMS SShA A-6A Intruder
Bombardirovshiki VMS SShA A-6A Intruder - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh 55-yil oldin, 1965-yil 2-martda Shimoliy Vyetnamni muntazam ravishda bombardimon qilishni boshlagan.

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. AQSh 55-yil oldin, 1965-yil 2-martda Shimoliy Vyetnamni muntazam ravishda bombardimon qilishni boshlagan. "Momaqaldiroq gumburlashi" havo operatsiyasi deb nom ostida harbiy harakatlar boshlangan. Bu AQSh tarixidagi qariyb 10-yil, eng uzoq vaqt davom etgan urush hisoblanadi.

Voyenniy ekspert Konstantin Sivkov   - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga nisbatan “Troya oti” nomli yangi strategiyaga o‘tdi

Shu yillarda AQSh harbiy kuchlari 50 mingdan ortiq odamni yo‘qotdi. Vyetnam tomonida Shimoliy Vyetnam qurolli kuchlari va Milliy front jangchilarining bir million yuz ming askari va minimal hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki million tinch aholi nobud bo‘ldi.

Ushbu masala yuzasidan Mudofaa vazirligi Markaziy arxivining sobiq direktori Igor Permakov RIA Novosti’ga o‘z fikrlarini aytdi.

“Dastlab, Rolling Thunder bombardimon qilish operatsiyasi sakkiz haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqtga mo‘ljallangan edi, ammo Vetnamlarning qattiq qarshiliklari tufayli u uzoq 44 oyga cho‘zildi. Hujumlar har kuni 1965-yil 2-martdan 1968-yil 31-oktabrgacha amalga oshirildi, shu tariqa bu operatsiya Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin eng uzun bombardimon kampaniyasiga aylandi, tarixda bunday uzoq operatsiyalar bo‘lmagan”, - deydi Permakov.

Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, umumiy hisobda AQSh aviatsiyasi 304 ming jangovar parvoz amalga oshirgan, Vyetnamga 8 million tonna turli bombalar tashlangan.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi

“Albatta, Sovet Ittifoqi yordamisiz Vyetnam bu tajovuzga qarshi tura olmasdi. Moskva mamlakatga ko‘plab zamonaviy raketa va radarlarni yetkazib berdi. Bu tizimlar sovet mutaxassislari tomonidan samarali boshqarildi, ular Amerika aviatsiyasiga katta talofat yetkazgan. Amerikaliklar jami 938 samolyoti va 1084 uchuvchisini yo‘qotdi - ular asirga olingan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu AQShda katta noroziliklarga olib keldi va oxir-oqibat (AQSh) hukumatini operatsiyani to‘xtatishga majbur qildi”, - deydi tarixchi.

1973 yil yanvar oyida AQSh hukumati Vyetnam urushini to‘xtatish to‘g‘risida bitimni imzoladi (Parij bitimi), unda AQSh harbiylari va harbiy xizmatchilari va ularning ittifoqchilari Janubiy Vyetnamdan butunlay chiqib ketishi, AQSh harbiy bazalarining demontaj qilinishi, harbiy asirlarning o‘zaro qaytirishni ko‘zda tutilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0