08:57 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
88500

Agentlik amaldor koronavirus yuqtirib olganini taʼkidlagan. 1 mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Eronda Muvofiqlik kengashi (Eron oliy rahbari qoshidagi kengash organi) aʼzosi Muhammad Mirmuhammadiy vafot etdi. Bu haqda Fars agentligi xabar qilmoqda.

Oʻlimning aniq sababi aytilmayapti. Biroq agentlik avvalroq amaldor koronavirus yuqtirib olganini taʼkidlagan. 1 mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

Mirmuhammadiy 72 yoshda edi. Hayoti davomida u ikki marotaba Qum provintsiyasidan Eron Majlisiga (parlamentiga) deputat etib saylangan.

Eron Xitoydan tashqarida koronavirus avj olgan yetakchi davlatlardan biri sanaladi.  

1 mart kuni Eronda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 987 kishiga yetgani xabar qilindi, ulardan 54 nafari vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular