08:44 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
481 0 0

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus bilan bogʻliq vaziyat bois qoʻl berib koʻrishishdan voz kechgan.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus bilan bogʻliq vaziyat bois mamlakat kantsleri Angela Merkel bilan qoʻl berish koʻrishishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild tabloidi xabar qildi

Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuv vaqtida Merkel Zeyexoferning oldiga kelib, salomlashish maqsadida qoʻlini uzatadi. Biroq vazir uni qoʻlini siqib koʻrishishdan bosh tortadi. Merkel buni hazil bilan qabul qiladi va ikkila qoʻlini koʻtarib, kaftlarini Zeyexoferga koʻrsatadi. Natijada ikkalasi kulib yuboradi.

​Avvalroq Germaniya OAVlari Zeyexofer yaqinda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat sabab qoʻl berib koʻrishishdan voz kechganini xabar qilgandi.

“Qoʻl berib koʻrishishning vaqti emas”: koronavirusdan qanday himoyalanish kerak

Germaniyada yangi koronavirus bilan kasallanishning 150 ta holati tasdiqlangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular