14:04 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
49310

Rossiyada yangi politsiya zirhli transport vositasi ishlab chiqilmoqda, uning davlat sinovlari may oyida oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 3 mar – Sputnik. Rossiyada yangi politsiya zirhli transport vositasi ishlab chiqilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti’ga “Harbiy sanoat kompaniyasining (VPK) bosh direktori Aleksandr Krasovitskiy.

"Atlet" tuzilishida zirhli transport vositalarini yaratish va sinovdan oʻtkazish tajribasi hisobga olinadi. Birinchi namoyish avgustda “Armiya 2020” forumida boʻlib oʻtishi kerak.

“Mashina kattaroq, ehtimol eksport uchun moʻljallangan. Uning rasmiy nomi – “Atlet” zirhli transport vositasi elementlaridan foydalangan holda maxsus zirhli VPK-23136 mashinasi. Aslida, biz yangi ikki maqsadli zirhli transport vositasini ishlab chiqarmoqdamiz”, - dedi Krasovitskiy.

“Atlet” mashinalari ikki dona prototipi dastlabki sinovlari muvaffaqiyatli oʻtgan. Yangi zirhli mashinaning davlat sinovlari may oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

“Atlet" zirhli transport vositalarining yangi avlodi 4x4 oʻlchamdagi gʻildirakka ega va shaxsiy tarkibiy qismlar va harbiy yuklarni tashish uchun moʻljallangan, yuqori darajadagi himoyani, tirkama va qurollarni oʻrnatish mumkin.

Yangi avtomobil va “Tigr” zirhli mashinasining asosiy farqlari bu yuk koʻtarish hajmi 1600 kilogrammgacha oshirildi, mina va ballistik qarshilikning kuchayirildi, Rossiyada ishlab chiqarilgan YAMZ-5347-24 dizel dvigateli maksimal quvvati 240 ot kuchiga ega.

Avtomobillar ekipaj aʼzolari uchun shikastlanishga qarshi oʻrindiqlar va salonda konditsioner tizim bilan jihozlangan. Modifikatsiyaga qarab, “Atlet” zirhli mashinasi ikki nafardan sakkiz nafargacha toʻliq jihozlangan harbiy xizmatchini olib yurishi mumkin.

Asosiy mavzular