04:57 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
612 0 0

LDPR yetakchisi Rossiyada koronavirus haqidagi yolgʻon xabar tarqatganlar uchun vaqtincha oʻlim jazosini joriy etish taklifini bildirdi.

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy koronavirus haqida yolgʻon xabar tarqatayotganlar uchun qatʼiy choralar joriy etishni taklif qildi.

© Sputnik / Alessandro Rota

“Mamlakatda vahima uygʻotadigan notoʻgʻri xabarlar boʻlmasligi uchun koronavirusga nisbatan soxta xabar tarqatganlik uchun vaqtinchalik oʻlim jazosini joriy etish kerak”, - deya Jirinovskiy soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Uning soʻzlariga koʻra, qatʼiy choralar lozim, ular esa yoʻq.

COVID-19

2020 yilning 3 mart holatiga koʻra, dunyo boʻyicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 90 926 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirus 64 mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3124 kishi vafot etgan va 47 871 nafari esa tuzalib ketgan.

Asosiy mavzular