04:31 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
931 0 0

Tadqiqotchilarning maʼlumotlariga koʻra, hozirda koronaviruslarning 39 ta turi mavjudligi tan olingan.

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Koronaviruslar boʻyicha xalqaro tadqiqot guruhi Moskva davlat universiteti (MGU) professori Aleksandra Gorbalenya ishtirokida 2019-nCoV nomli virus tasnifi natijalarini eʼlon qildi. U SARS-CoVning yaqin qarindoshi deb tan olingan. Bu haqda Moskva davlat universiteti matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, yangi koronaviruslarni tasniflash amaliyoti ularning maʼlum boʻlgan koronaviruslar bilan genetik qarindoshlik darajasini baholashga asoslanadi. Tadqiqotchilarning maʼlumotlariga koʻra, hozirda koronaviruslarning 39 ta turi mavjudligi tan olingan.

“Yangi koronavirus SARS-CoV va bu turdagi boshqa viruslar bilan maxsus yaqinlik asosida SARS-CoV-2 nomini oldi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, ushbu tur oʻzini nomini 2002-2003 yillarda SARS-CoV respitor kasalligining avj olishiga javobgar boʻlgan asoschi virus nomidan olgan.

Asosiy mavzular