10:29 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
230 0 0

Mazali pryaniklarni tatib koʻrish, qurollar muzeyini tomosha qilish, rus klassik yoki yozuvchisi Lev Tolstoyning "Yasnaya Polyana"dagi hovli-muyzeyiga tashrif buyurish uchun Tula shahriga keling.

Yozda Tula viloyatining koʻplab mehmonlari "Yasnaya Polyana", "Polenovo", "Turgenevo" dalahovli-muzeylariga boradilar. Ammo viloyat markazida hatto sovuq mavsumda ham koʻrish va sinash mumkin boʻlgan narsa bor. Moskvadan - bor-yoʻgʻi 180 kilometr, poyezdda ikki soatdan sal koʻproq. Qanday qilib samovarga kirvolish kerak, taqa qoqilgan burgani, uch grammli revolver va garmonli etikni qayerda koʻrish mumkin - RIA Novosti materialida.

XVI asr boshlariga taalluqli Tula Kremli - shaharning eng qadimgi binosi. Uning hududida ikkita ibodatxona bor: Bogoyavlenskiyda hozirda qurol-aslaha muzeyi filiali va Uspenskiysi esa cherkovga qaytarilgan. Toʻgʻrirogʻi, hozir restavratsiya uchun yopiq, lekin toʻlaligicha emas. Sayyohlar qoʻngʻiroq minorasining pastki qismiga tashrif buyurib, Palex ikona rassomlarining freskalarini koʻrishlari mumkin.

Kremlning yonida velosiped yoʻllari, qahva va chuchvarahonalari, shuningdek sanʼat obʼyektlari oʻrnatilgan Qozon qirgʻogʻi joylashgan. Masalan, metalldan yasalgan daraxt-kapalaklar, bir-biriga payvandlangan rus va lotin alifbosining 14 ming harfidan yigʻilgan temir ot. Selfi uchun ajoyib joy!

Zdaniye tulskogo gosudarstvennogo muzeya orujiya.
© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Zdaniye tulskogo gosudarstvennogo muzeya orujiya.

Yana boʻyalgan samovar yonidagi oʻyma yogʻoch taxtada suratga tushish mumkin.

Shahardagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bu Rossiyadagi eng qadimiy (1873 yilda tashkil etilgan) Davlat qurol muzeyi. Uning toʻplamining bir qismi Kremlning Bogoyavlenskiy ibodatxonasida saqlanadi.

Eski temir qalpoq koʻrinishidagi asosiy bino sakkiz yil oldin qurilgan. Tula ustalari tomonidan yaratilgan otish va sovuq qurollari muzeyning besh qavatida joylashtirilgan. Eng qadimiy eksponatlar XIV asrga tegishli.

Buyumlarning bir qismini qoʻlingizga olishingiz mumkin: pulemyotdan nishonga olish yoki Birinchi Jahon urushi miltigʻini ushlab turish.

Toʻplamda kamdan-kam uchraydigan eksponatlar ham mavjud, masalan, "balerina" (ogʻirligi 43 kilogramm boʻlgan yengil aviapushkasi), kichkina uch grammli "Buldog" (bir metrdan qogʻoz varaqni teshib qoʻyishi mumkin) revolveri, eng tezkor artilleriya quroli (daqiqada 12 ming dona oʻq otadi), va shuningdek barchaga yaxshi tanish Kalashnikov avtomati va Makarov pistoleti.

Golografik vitrina va proyektsion mini-kinoteatrlar qurollar bilan tanishishga yordam beradi.

XIX -XX asr boshlarida shahar aholisini nima bilan davolashgan, bu "Eski Tula dorixonasi” muzeyida namoyish etiladi. Bu yerda dorilar 1884 yildan 2011 yilgacha sotilgan.

Eksponatы, predstavlennыe na otkrыtii novoy postoyannoy ekspozitsii, posvyaщennoy istorii strelkovogo i xolodnogo orujiya s XIV veka do sovremennosti, v Tulskom gosudarstvennom muzeye orujiya.
© Sputnik / Sergey Mamontov
Eksponatы, predstavlennыe na otkrыtii novoy postoyannoy ekspozitsii, posvyaщennoy istorii strelkovogo i xolodnogo orujiya s XIV veka do sovremennosti, v Tulskom gosudarstvennom muzeye orujiya.

"Dorihona avvalgi egalari - Belyavskiy oilasida boʻlganidek qayta tiklandi. Faoliyatni farmatsevtlarning uch avlodi olib borishgan. Mebel, vitrina, lyustralar ajdodlar tomonidan qoldirilgan hujjatlarga muvofiq buyurtma qilingan", - deydi ekskursovod Larisa Moskalenko. – Savdo zalida oʻzining yorliqlari yopishtirilgan shishalar bor".

Muzeyning eng mashhur eksponati bu tokar Nikolay Aldunin tomonidan yasalgan oltin taqali burga. Zargarlik buyumini mikroskop ostida koʻrish mumkin.

Bu anʼanalarga hurmat bajodir: ilgari dorixonalarga nafaqat giyoxlar sotib olishga kirishgan, balki spirtlangan hayvonlar kabi gʻayrioddiy narsalarni koʻrgani kirishgan.

Kreml devorlari yonida joylashgan "Tulskiye samovarы" muzeyining ikkita zalida XVIII — XX asrlarning namunalari toʻplangan. Nafaqat metall, balki chinni, qayin poʻstlogʻiligi ham. Eng kattasi – dekorativining ichiga tashrif buyuruvchilar hatto kirishi ham mumkin.

Bu yerda shaharda birinchi samovar zavodini qurgan Ivan va Nazar Lisitsinlarning shaxsiy buyumlari va boshqa mahalliy savdogarlar - Somovlar, Malikovlar, Fominlar, Batashevlar, Shemarinlarga tegishli narsalar ham saqlanmoqda.

Lenin nomini olgan asosiy maydonda "Omad tilaymiz" yozuvi bilan mashhur Tula pryanigiga atab yasalgan yodgorlik oʻrnatilgan. Shaharning ramzlaridan biri 1685 yildan beri maʼlum boʻlgan.

Klassik Tula pryanigi – toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, tepasi shakarlangan. Ichida - murabbo yoki quyultirilgan sut.

Na glavnoy ploщadi, nosyaщey imya Lenina, ustanovlen bronzovыy pamyatnik znamenitomu tulskomu pryaniku s nadpisyu Na schastye. Odin iz simvolov goroda izvesten s 1685 goda.
Foto predostavleno Postoyannыm komitetom Soyuznogo gosudarstva
Na glavnoy ploщadi, nosyaщey imya Lenina, ustanovlen bronzovыy pamyatnik znamenitomu tulskomu pryaniku s nadpisyu "Na schastye". Odin iz simvolov goroda izvesten s 1685 goda.

Katta hajmda ishlab chiqarish 1954 yilda boshlanib, Butunittifoq qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi ochilishiga bagʻishlangan.

Chorak asr davomida pryanikka bagʻishlangan muzey faoliyat yuritmoqda. Koʻrgazma ekspozitsiyalari orasida pishiriqlarga shakl beruvchi maxsus taxtalar, turli xil qadoqlash buyumlari, nonvoyxonalar jihozlari.

Tula, shuningdek, garmon vatani. Aynan shu yerda XIX-asrning boshlarida aka-uka Shkunayevlar uy ustaxonasida eng oddiy asboblarni yasashgan.

Ularni Kreml yaqinidagi Mendeleyevskaya koʻchasida joylashgan "Garmoni deda Filimona" muzeyida koʻrish mumkin.

Toʻplamda 150 dan ortiq musiqa asboblari mavjud: Tula, Saratov, Orel, Yeletsk, Vologda, Nijniy Novgorod garmonlari, shuningdek nemis bandoneon va kontsertina. Baʼzilarida oʻynashga ruxsat beriladi.

"Biz eng uzun akkordeonni, eng kichkinasini - kaft kattaligidagini, eng jarangdorini va oʻymakorlikka toʻlasini namoyish etamiz. Biz eng magʻrurlanadigani – garmon-etik" deydi Dargomыjskiy nomidagi Tula sanʼat kolleji oʻqituvchisi Nikolay Kuzmiщev.

Usta Semyon Shtыrxunov tomonidan 37 oʻlchamli etikni yangi musiqiy asbob va sanʼat asariga aylantirib unga yangi hayot bahsh etdi.

Oʻynash uchun siz oʻng qoʻlingizni boldir qismiga, chapni esa tovondan ushlab, ozgina tortish kerak.

Yaqinda Kremldan boshlanib Qozon qirgʻogʻiga parallel choʻzilgan Metallistlar koʻchasi piyodalar yoʻlagiga aylandi. Tula Arbati deb nomlaniladi. Binolarning aksariyati - esdalik buyumlari va qandolat doʻkonlari, qahvaxonalar joylashgan XIX asrga taalluqli ikki qavatli tosh uylari.

Bu yerning oʻzida Sovet oʻyinchoqlari muzeyi joylashgan. Belgi orqali hovliga kirilsa ayni muddao boʻladi. Kirish joyida sizni bolalar avtomashinasi kutib oladi.

Ekspozitsiya uchta xonani egallagan. Javonlarda - nevalyashka, yula, yumshoq oʻyinchoqlar, piramidalar, stol oʻyinlari, niqoblar, mozaikalar, diafilmlar, qoʻgʻirchoqlar.

Tulskiy kreml. V tsentre: Uspenskiy sobor.
© Sputnik / Aleksey Kudenko
Tulskiy kreml. V tsentre: Uspenskiy sobor.

Asosiy mavzular