06:16 24 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
749 0 0

“Tolibon”* Afgʻoniston qurolli kuchlarining nazorat-oʻtkazish punktiga hujum uyushtirganligi sababli jangarilarga qarshi havo hujumi - oʻzini himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

TOSHKENT, 4 mar – Sputnik. AQSH Qurolli kuchlari Afgʻonistonda "Tolibon" harakati jangarilariga 11 kun ichida birinchi marta aviazarba berdi.

AQSH Qurolli kuchlarining Afgʻonistondagi vakili polkovnik Sonni Leggett Twitter’da yozishicha, Qoʻshma Shtatlar jangarilarga qarshi oʻzi himoya qilish maqsadida havo hujumini amalga oshirdi, chunki ular Gilmand viloyatidagi Nahr-ye-Saraj okrugida afgʻon qurolli kuchlariga qarashli NOʻJga faol hujum qilmoqdalar.

“Bu hujumni barbod qilish chiqarish uchun mudofaa zarbasi boʻldi. Bu 11 kun ichida “Tolibon”ga birinchi hujum edi”, - dedi u.

AQSH harbiy amaldorining soʻzlariga koʻra,  “Tolibon” rahbarlari zoʻravonlik koʻlamini kamaytirishga vaʼda berganiga eʼtibor qaratdi.

Sonni Leggett “Tolibon”ni keraksiz hujumlarni toʻxtatishga va majburiyatlarni bajarishga chaqirdi. Aks holda, uning bayonotiga koʻra, AQSH qurolli kuchlari ittifoqchilarini himoya qilishni davom etadi.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular