03:07 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
325 0 0

Afgʻon harbiylari bir sutka davomida kamida 17 nafar “Tolibon”* radikal harakat jangarilarini yoʻq qilishdi.

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Afgʻon harbiylari bir sutka davomida kamida 17 nafar “Tolibon”* radikal harakat jangarilarini yoʻq qilishdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Nasrat Rahimi maʼlum qildi.

“Mamlakat xavfsizlik va mudofaa kuchlari oʻzini va xalqni himoya qilish maqsadida “Tolibon”*ga hujum qildi. Buning natijasida 17 nafar dushman oʻldirildi, 11 nafari esa yaralandi”, - deya yozgan Rahimi oʻzining Twitter᾽dagi sahifasida.

​Shuningdek, u toliblar* tinch aholiga hujum qilishni va terrorchilik aktlarini uyushtirishni bas qilishlari lozimligini qoʻshimcha qilgan.

AQSH va “Tolibon”* radikal harakati 29 fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afgʻonistondan amerika qoʻshinlari chiqarilishini hamda afgʻonlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, AQSH Afgʻonistondagi qoʻshinlari sonini 135 kun davomida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha qisqartirish majburiyatini oladi. “Tolibon”* kelgusida zoʻravonlikdan oʻzini tiysa, amerikaliklar 14 oy davomida oʻz kuchlarini va NATO kuchlarini olib chiqishni davom ettiradilar. “Tolibon”* ushbu harakatlarga javoban afgʻon hududidan AQSH va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishdan voz kechishi lozim.

Ammo ilgariroq “Tolibon”* jangarilari Afgʻoniston shimolida hujum uyushtirgani xabar qilindi. Buning oqibatida 20 dan ortiq harbiylar halok boʻlgan. Soʻngra AQSH Qurolli kuchlari Afgʻonistonda "Tolibon"* harakati jangarilariga 11 kun ichida birinchi marta aviazarba berganini xabar qildi.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular