23:27 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
766 0 0

Kasallangan shaxs Italiya fuqarosidir. U Rossiyaga 29 mart kuni kelgan, 2 mart kuni esa OʻRI alomatlari bilan tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyada yana bir koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etildi. Bu haqda Rospotrebnadzor xabar qildi.

Kasallangan shaxs Italiya fuqarosidir. U Rossiyaga 29 mart kuni kelgan, 2 mart kuni esa OʻRI alomatlari bilan tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan. Italiyalik infektsiya boksiga yotqizilgan, tahlil esa koronavirusni aniqlagan.

Idorga xabariga koʻra, bemorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

“Kasallik yengil klinik shaklida oʻtmoqda, kasallikni yengillashtiruvchi tabobat oʻtkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Rossiyada bemor bilan muloqot qilganlar ham shifokorlar nazoratiga olingan.

Rossiyada ilk ikkita koronavirus bilan kasallanish holati yanvar oxirida aniqlangan edi. Har ikkila bemor Xitoy fuqarolari edi. Ular shifoxonada davolanishda va tuzalgandan keyin ularga javob berildi.

Yana bir koronavirus bilan kasallanish holati Rossiyada 2 mart kuni kuzatilshgan edi. Oʻshanda kasallik Italiyadan qaytgan rossiyalikda aniqlangan. Hozir u karantinga joylashtirilgan va davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular