Gipertovushli qurol, “Xanjar” va super raketa: ekspert "eng asosiy trendlar"ni aytdi

© U.S. Army Space and Missile Defense Command/Army Forces Strategic CommandPerviy zapusk prototipa perspektivnogo giperzvukovogo orujiya (Advanced Hypersonic Weapon ) na poligone v SShA
Perviy zapusk prototipa perspektivnogo giperzvukovogo orujiya (Advanced Hypersonic Weapon ) na poligone v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShda gipertovushli qurollarni sinashida muammoni ko‘rmaydi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, harbiy ekspert, strategik vaziyatlar markaz direktori Ivan Konovalov bu masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Moskva AQSh gipertovushli qurolni sinovdan o‘tkazish niyati yuzasidan hech qanday muammoni ko‘rmaydi, dedi TIV Yadro qurolini tarqatqalmasligi va uning ustidan nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov.

Ispitaniya giperzvukovoy raketi Kinjal - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya eng yangi "Kinjal" gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi - video

“AQShda gipertovushli qurol bir necha o‘n yillar davomida ish olib borilgan. Tabiiyki, Rossiya bu borada katta yutuqlarga erishdi degan baholar paydo bo‘lgandan so‘ng, AQSh jarayonlarni tezlashtira boshladi. Bu normal holat, hech qanday alohida muammolar bo‘lmasligi kerak”, - dedi Yermakov.

Avvalroq, AQSh Mudofaa vazirligi gipertovush rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mayk Uayt Vashington 2020-yil o‘rtalarida gipertovush qurollarni ushlaydigan qurolni sinovlarini o‘tkazmoqchi ekanligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon allaqachon loyihalardan prototip nusxalarga o‘tdi va keyingi bosqichda mavjud qurol tizimlarini sotib olish bo‘ladi.

Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, harbiy ekspert, strategik vaziyatlar markazi direktori Ivan Konovalov AQSh rejalari nima sababdan Rossiya uchun muammo emasligini aytdi.

“Bu jarayon to‘xtovsiz, yetakchi davlatlar o‘z mudofaa qobiliyatlari ta’minlash maqsadida eng maqbul deb hisoblagan qurol turlari va jangovar tizimlari ustida ish olib borish huquqiga ega. Gipertovushli qurol - hozirda eng muhim trend hisoblanadi. Moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan har kim bu bilan shug‘ullanmoqda. Birinchi navbatda Rossiya, u hammani ortda qoldirdi, amerikaliklar yetib olishga qaror qildilar. Xitoy va boshqa davlatlar bu yo‘nalishda ishlamoqda. Buni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bajarish mumkin bo‘lgan yagona narsa - raqibni orqada qoldirish uchun yaxshiroq tizimni yaratish. Aslini olganda, biz shuni qilamoqdamiz”, - deydi Konovalov.

2018 yilda Federal Kengashiga yo‘llagan murojaatnomasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin gipertovushli qurollar – “Avangard” va “Xanjar” komplekslarini tanishtirdi.

Keyinchalik “Sirkon” gipertovushli raketa ishlab chiqarish ustida ish olib borilayotgani  haqida ma’lum bo‘ldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp, o‘z navbatida, AQShning juda ko‘p "super raketalari" borligini ta’kidlangandi, ammo ilgari bu faqat gipertovushli qurol ishlab chiqish haqida so‘z yuritilgan.

Yangiliklar lentasi
0