00:32 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
106310

Tojikiston rasmiylari yetarlicha oziq-ovqat borligi toʻgʻrisidagi bayonotlariga qaramasdan, Dushanbe bozorlari hayajonda, oziq-ovqat narxlari oshmoqda.

TOSHKENT, 5 mar - Sputnik, Azamat Shokirov. Tojikiston poytaxtidagi supermarket javonlari va dehqon bozorlarini xaridorlar tomonidan amalga oshirilgan ommaviy hujumi kechagi kunda qolib ketdi.

Bugungi kunda bunday qoʻzgʻalish kuzatilmayapti. Un, shakar va oʻsimlik yogʻi savdosidan mamnun sotuvchilar daromadlarini hisoblashmoqda.

"Odamlar bozor atrofida vahim barcha mahsulotlarni javonlardan supurib tashladilar. Men Mehrgon bozorida yoʻlovchilarni tushirayotganimda, bir kishi oldimga yugurib kelib, uyiga xaridlarni yetkazib berish uchun oldindan pul toʻladi. Ular salonga un, guruch, shakar qoplariri, pista yogʻi qadoqlangan korobkalarni joyladilar", - deydi taksi haydovchisi Iskandar.

Mikroavtobusni ijaraga olishga ulgurmaganlar taksi toʻhtash joylarida yugurib yurib birdaniga ikki-uchta mashinani ijaraga olishar edi.

"Bir ayol birdaniga uchta taksiga buyurtma berdi, salon va yukhonani sumkalar, qoplar va qutilar bilan. Men undan hazillashib "Xola, urushga tayyorlanyapsizmi?" - deb soʻradim. Va u koronavirus epidemiyasi sababli barcha bozorlar yopilarkan va keyin ocharchilik boshlanadi, deb javob berdi", - deya kuladi taksi haydovchisi Ahror.

Toʻpalonning sababi ijtimoiy tarmoqlarning tojik segmentidagi vahima xabarlari edi. Odamlarning koʻp joyga toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun masjidlarning yopilishi haqidagi xabar poytaxt aholisini battar hayajonga soldi. Dushanbe chekkasida joylashgan Giprozem shahridagi ulgurji bozor yopilgani haqidagi uydirma xabar olovga yogʻ quydi.

Odatda bu yerga, shahar atrofidagi dehqonlar oziq-ovqat mahsulotlari, asosan sabzavot, meva va oʻtlarni olib kelishgan. Bu yerdan mahsulotlar poytaxtning boshqa bozorlariga tarqalardi.

Bozorlardagi mahsulot sotib olishga ulgurmagan Dushanbe aholisi supermarketlarga shoshilishdi, garchi narxlar bozor narxlaridan 10-15 foizga qimmatroq. Bu yerda ham ular konserva mahsulotlariga eʼtibor bermay, un, shakar va oʻsimlik yogʻini tortib ketishdi.

"Mening buvim urush paytida birinchi navbatda tuz, sovun, gugurt va kerosin sotib olishganini aytishdi, lekin bizda bunday tovarlar yoʻq, birinchi ikkitasidan tashqari. Lekin hamma joyda tuz bor, siz istalgan doʻkondan sotib olishingiz mumkin, chunki u oʻzimizda ishlab chiqariladi. Ammo import qilingan oziq-ovqatlarni katta hajmda olishdi", - dedi sotuvchi Ahmad.

Darvoqe, viloyatlarda bunday tendentsiyalar kuzatilmadi, barcha savdo obʼyektlari odatdagidek ishladi. Koronavirus tufayli vahima virusi faqat Dushanbe shahrida tarqaldi.

Bugungi kunda poytaxt bozorlari va supermarketlarida xaridorlarning katta oqimi yoʻq. Ammo un, oʻsimlik yogʻi va shakarning narxi kechagi darajada qolmoqda. Savdogarlar vujudga kelgan vaziyatdan barcha mumkin boʻlgan daromadni chiqarib olish umidida.

Hozirda un tojiklar ratsionida asosiy mahsulot hisoblanadi. U asosan Qozogʻistondan olib kelinadi, ammo ohirgi paytlarda mahalliy chakana sotuvchilar shu yerda qayta ishlanadigan bugʻdoyni afzal koʻrishmoqda. Strategik tovarlar narxining koʻtarilishi (kecha 50 kg uchun 210 dan 250 somoniygacha) isteʼmolchilar choʻntagiga jiddiy zarar yetkazadi.

Tojikiston Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish vazirligi bayonot berib, respublikada qotil virusi epidemiyasi tarqalishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi va aholini turli mish-mishlar tufayli vahima qoʻzgʻamaslikka chaqirdi. Epidemiologlar fuqarolarga yaqin aloqada boʻlmaslik, qoʻl siqish, quchoqlash va oʻpishdan bosh tortishni tavsiya qiladi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar mamlakatda koronavirus holatlari qayd etilmagan. Karantin zonalarida 320 kishi nazorat ostida qolmoqda, ularning barchasi chet elliklar. Davlat chegarasini kesib oʻtishda 5 davlat fuqarolari darhol shifokorlar nazoratiga oʻtkaziladi: Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya va Afgʻoniston.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular