Putin va Erdog‘an muzokaralarining dastlabki tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMoskovskix Kreml
Moskovskix Kreml  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Vladimir Putin va Toyyib Erdog‘an uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Prezident Tursii Tayip Erdogan beseduyet s prezidentom Rossii Vladimirom Putinim, vstrecha v Kremle. - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdog‘an yakkama-yakka muzokarasi ikki soat davom etmoqda

U hozirgi paytda prezidentlar delegatsiya a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazmoqdalar, deb qo‘shimcha qildi.

Ikki davlat rahbarlari muzokaralaridagi asosiy masala Suriyaning Idlib shahridagi vaziyatning keskinlashishi bo‘ldi. Rossiya va Turkiya prezidentlarining Kremldagi uchrashuvi Moskva vaqti bilan 14.06 da boshlandi.

Rossiya prezidenti muzokaralar boshlanishidan oldin bunday holat takrorlanmasligi, tomonlar Rossiya-Turkiya munosabatlarini qadrlanishi, ularni buzilmasligi uchun vaziyatni turkiyalik hamkasbi bilan "muhokama qilish" zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Erdog‘an muzokaralar natijalari Idlibdagi vaziyatni normallashtirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0