00:51 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
802 0 0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning shaxsiy muzokaralari Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan murakkab kechishi haqida soʻzladi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning shaxsiy muzokaralari Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan murakkab kechishi, lekin natija berayotganini maʼlum qildi.

“Bu juda murakkab. Juda. Nima boʻlganda ham, biz sentyabrdan buyon 111 kishini qaytardik. Men yuksalishni amalga oshirdik demayman, lekin uch yil “normand” formati boʻlmagandi. Vaziyat mutlaqo muzlatib qoʻyilgandi. Uch yil oʻtib biz uchrashdik – hozir 111 kishini qaytardik. Biz muzokaralar stoliga oʻtirdik. Bilasizmi, aytishadi: “Hammasi silliq ketyaptimi?” Lekin bu yerda umuman “silliq” degan narsaning oʻzi yoʻq”, — degan Zelenseiy The Guardian gazetasiga bergan intervyusida. Prezident ofisi uning tarjimasini joylashtirgan.

Rossiya va Ukraina 2019 yil 7 sentyabr kuni 35 nafardan mahkum va ushlanganlarni ozod qildi. 29 dekabrda Donbassda ikki yil ichida birinchi bor asirlarni almashish boʻlib oʻtdi. Kiyev oʻzi mustaqil deb eʼlon qilgan Donents va Lugans xalq respublikalariga 124 kishini topshirdi, Donetsk va Lugansk esa Ukraina hukumatiga 76 kishini topshirdi.

Bundan avval Rossiya va Ukraina rahbarlari ilk bor Parijda “normand toʻrtligi” yetakchilari muzokaralari doirasida yuzma-yuz uchrashdi va alohida muzokaralar olib bordi.

Parijda tomonlar qoʻshma kommyunike qabul qilishdi va Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlarishi davom ettirish uchun uch oy soʻngra Berlinda uchrashishga kelishib olishdi.

Asosiy mavzular