21:56 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)
571 0 0

Eron Sud hukumati rahbari Ibrohim Raisiyning soʻzlariga koʻra, mahbuslarni qamoqqa qaytarish hali rejaga kiritilgani yoʻq.

TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Eron koronavirus tufayli 70 mingga yaqin mahbusni qamoqdan ozod qildi, deb xabar berdi RIA Novosti Mizan Online agentligiga tayangan holda.

Prazdnovaniye Uraza-bayram
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

Eron Sud hukumati rahbari Ibrohim Raisiyning soʻzlariga koʻra, mahbuslarni qamoqqa qaytarish hali rejaga kiritilgani yoʻq.

"Mahbuslarni ozod etish ishlari jamoatchilikka xavf tugʻilmaguniga qadar davom etadi", - dedi Raisiy.

Sal oldin Eron sud hokimiyati rasmiy vakili Gʻulomxusayn Ismoiliy mamlakat boʻylab koronavirus tarqalishi tufayli qamoqxonalarda salomatlikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi savolga sharh berar ekan, 54 mingga yaqin mahbuslarning vaqtinchalik ozod etilishi haqida xabar qilgan edi.

Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi >>>

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Eronda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq boʻlgan 6566ta holat qayd etilgan, shundan 2134 kishi shifo topgan, 194 kishi vafot etgan.

Sal oldin Sputnik radiosi Eron islom respublikasida yetti kishi koronavirus boʻyicha internet orqali berilgan maslahatlar tufayli vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)

Asosiy mavzular