Valentina Tereshkova Putin prezidentlik muddatini boshidan hisoblashni taklif qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishValentina Tereshkova
Valentina Tereshkova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Valentina Tereshkova yangi konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng prezidentlik muddatlarini boshidan hisoblashni taklif qildi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. "Yedinaya Rossiya" partiyasi deputati Valentina Tereshkova Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritilganidan so‘ng prezidentlik muddatlarini boshidan hisoblashni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Prezidentlik muddatlari cheklovini olib tashlash yoki yangilangan Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng, amaldagi prezident, har qanday fuqaro kabi davlat rahbari sifatida saylanishi mumkinligi haqida qonun qabul qilishni taklif qilaman”, - dedi birinchi ayol kosmonavt.

Deputatning ushbu taklifi qizg‘in muhokamalrga sabab bo‘ldi. Duma raisi Vacheslav Volodin fikriga ko‘ra, ushbu taklifni prezident Vladimir Putin bilan muhokama qilish kerak.

“Yedina Rossiya” vakili Sergey Neverov fikriga ko‘ra, ushbu taklif kiritilgan taqdirda Rossiyaning eng yirik partiyasi uni qo‘llab-quvvatlaydi.  

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga bir necha o‘zgarishlar kiritishni taklif qilgan edi. Yangi Konstitutsiya loyihasi Duma tomoniadn tasdiqlanganidan so‘ng, Rossiyada 22-aprel kuni referendum o‘tkazish va ushbu kunni  dam olish kuni deb tayinlash haqida qaror qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0